SAYLOVDA ENG MUNOSIB NOMZODLAR SAYLANADI
Şu kunlarda yurtimizda fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovini demokratik tamoyillar asosida, faollik bilan ötkaziş, fuqarolar yiğinlari raislariga eng munosib oliy maʼlumotga, el içida obrö-eʼtiborga ega va dunyoqaraşi keng, el dardi bilan yaşaydigan kişilarning saylanişiga erişiş uçun qizğin hozirlik körilmoqda. Boisi kelgusida mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan örni va nufuzinining oşişi, uning islohotlar jarayonidagi iştirokining kengayişi aynan şu lavozimga saylangan kişilar faoliyati bilan çambarças boğliqdir.
Ayni kunlarda yurtdoşlarimizga fuqarolar yiğinlari raislari saylovi ahamiyatini teran tuşuntiriş, saylov ötkaziş jarayonidagi özgarişlar, özlari istiqomat qiladigan mahallaning ertasi qanday bölişi – ularning köpnomzodlilik asosida ötkaziladigan saylovda kimga ovoz berişiga köp jihatdan boğliq ekanligi tuşuntirilmoqda.
Tarğibot tadbirlari davomida fuqarolar özlarining faolligi orqali mahallalardagi obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş, aholini manzilli ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlarni turli yot ğoyalardan, mafkuraviy xurujlardan işonçli himoya qiliş, milliy qadriyatlarimizni, urf-odat va anʼanalarmizni asrab-avaylaş, şuningdek, boşqa dolzarb masalalarda ulkan masʼuliyatni his etişini, öz fuqarolik burçini çuqur anglaşini namoyon etdilar. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, yaqinlaşib kelayotgan fuqarolar yiğinlari raislari saylovi yuksak faollik bilan ötkazilişi taʼminlanişiga, katta hayotiy tajriba, aniq iş dasturiga ega, aholi örtasida hurmat-eʼtibor qozongan insonga mahalla taqdiri işonib topşirilişiga umid uyğotadi.
Saylovoldi tarğibot tadbirlarida xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari ham faol iştirok etib, özlari saylangan hududlarda aholi bilan jonli muloqotlar qilişmoqda, fuqarolar yiğinlari sayloviga kiritilgan qonunçilik yangiliklarini, bu borada eng munosib nomzodga ovoz beriş imkoniyati yaratilganini tuşuntirmoqda.
Uşbu siyosiy jarayonda men ham qatnaşib, saylovçilarimga qölimdan kelganiça tarğibot-taşviqot qilmoqdaman.
Qurboniyozov, xalq deputatlari
tuman Kengaşi deputati, fermer.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶