Mukofot menga quvonch bagʻishladi
Men salkam qirq yil taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatgan bir ayol sifati-da bu sohada amalga oshi-rilayotgan oʻzgarishlarga nazar tashlab, benihoya xursand boʻlaman. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taʼ-lim sohasi xodimlariga koʻr-satayotgan eʼtibori hamda gʻamxoʻrligi meni cheksiz ruhlantirib yubordi.
Men 1972-yilda tumanimiz-dagi 37-sonli maktabda oʻzimning oʻqituvchilik fao-liyatimni boshlaganman. Keyinchalik, 1985-yildan 1996-yilgacha shu maktab direktori, 1996-yildan 1998-yilgacha 82-sonli bosh-langʻich maktab direktori, 1998-yildan 2011-yilgacha 82-sonli bogʻcha mudirasi lavozimlarida faoliyat koʻrsatdim.
1995-yilda mening meh-natlarim eʼtiborga oli-nib, “Qoraqalpogʻiston Res-publikasi xalq maorifi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandim. 2011-yildan buyon nafaqadaman. Farzandlarim va nevara-larimning baxtu-saodatini koʻrib, keksalik gashtini surish nasib etayotganidan cheksiz faxrlanaman.
8-mart – xotin-qizlar bay-rami arafasida mening hayotimda yana bir quvonchli voqea roʻy berdi. Mening kamtarona xizmatlarim inobatga olinib, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandim.
Men mamlakatimizda ayol-larga yuksak hurmat-eʼtibor koʻrsatilayotgani uchun dav-latimiz rahbarlaridan cheksiz minnatdorman.
Fursatdan foydalanib shogirdlarimni, tumani-mizning barcha ayol-qiz-larini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bay-rami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Pardagul OʻROZBOYeVA, Besh ovul mahallasida
yashovchi taʼlim faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶