Davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin
Davlat xizmatlari markazlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun endi "Upay", "Payme", "Click" tizimlari orqali toʻlovni onlayn amalga oshirish mumkin.
Davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni "Payme" toʻlov tizimi orqali onlayn amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun "Payme" ilovasidagi «Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi» menyusi orqali tegishli harakatlarni amalga oshirish kerak.
Endilikda fuqarolar davlat boji va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun kassalarda navbat kutib turishi keskin kamayadi, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablagʻlari talab etilishi holatlariga barham beriladi.
Joriy etilgan yangilik aholiga qulaylik yaratish bilan birga huquqiy xizmat koʻrsatish jarayonida sifatni, tezkorlikni taʼminlaydi. Shuningdek, korruptsiyaning oldini olishga xizmat qiladi va mobil telefonlar imkoniyatidan foydalangan holda toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin boʻladi.
Oybek Ahmedov, tuman Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶