BIOLABORATORIYa MAVSUMGA ShAY
Xitoy ovuli hududida joylashgan “Muborak bioservis” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bir qancha yillardan buyon qishloq xoʻjaligi ekinlarini turli zararkunandalardan himoya qilish boʻyicha koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti.
2019-yilda 21 ta fermer xoʻjaliklariga shartnoma asosida xizmat koʻrsatish reja qilingan ushbu biolaboratoriyada bu yilgi mavsum uchun yetarlicha biomahsulotlar ishlab chiqarishga tayyorgarliklar koʻrilayapti.
Mazkur biolaboratoriyada joriy yilda 242 gektar maydondagi gʻalla, 939 gektar maydondagi paxta va boshqada koʻplab qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish maqsadida 9 kg. trixogramma, 28 mln. dona oltinkoʻz, 30 mln. dona brakon kabi biomahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Bu ishlarga tayyorgarlik koʻrishda “Muborak servis” MChJning 5 nafar tajribali xodimlari barkali mehnat qilmoqdalar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶