Fan va taʼlim
👁 685
“Bahor kelgach...” mavzusida bir soatlik ochiq dars oʻtkazildi

Amudaryo tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabining 1-“A” sinfida oʻqish fani boʻyicha “Bahor kelgach...” mavzusida ochiq dars oʻtkazilib, unda 24 kishidan iborat ota-onalar vakillari, kuzatuvchilar va tahlil qilish guruhlari aʼzolari ishtirok etdilar.
Ochiq dars jarayonida oʻquvchilar oʻqituvchi Raʼno Avazmurodova rahbarligida oʻzlarining barcha fanlarga doir bilimlarini namoyish etdilar. Ayniqsa bolalarning tabiatiga boʻlgan munosabatlarini rasm chizish orqali yorqin namoyish etishlari, ingliz tilida burro-burro gapirishlari ochiq dars ishtirokchilarini juda qoyil qoldirdi.
Ochiq dars yakunida tahlil qiluvchi guruh tomonidan oʻqituvchi Raʼno Avazmurodovaning dars oʻtish uslubi aʼlo bahoga loyiq deb topildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶