"NAVOIY IJODI - ChEKSIZ UMMON"
Ha, darhaqiqat shunday. Buyuk shoir va alloma bobomizning qaysi janrdagi,qaysi mavzudagi ijodi namunalarini mutolaa qilmaylik, tobora asar mazmun-mohiyatini chuqurroq anglayveramiz, har safar xuddi yangi asar oʻqigandek zavqlanamiz. Shu boisdan ham Navoiyni oʻqish, anglash sari intilaveramiz.
Shu yilning 9-fevralida ulugʻ shoir va mutafakkir bobomizning tavallud kuni munosabati bilan 5-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiy ijodi - cheksiz ummon" deb nomlangan adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirda dastlab 7-sinf oʻquvchilari Bobur, Husayn Bayqaro, Lutfiy siymosida sahnaga chiqib, Navoiy haqida batafsil maʼlumotlar berdilar, uning adabiy merosi cheksiz ummon ekanligini taʼkidladilar va oʻquvchi yoshlarni bu ummondan bahra olib, maʼnaviyatli , maʼrifatli boʻlib ulgʻayishga chaqirdilar.
Tadbirda oʻquvchilarning Alisher Navoiy xayoti va ijodini qay darajada oʻrganganliklari sinovdan oʻtkazildi va gʻoliblar ragʻbatlantirildi. Soʻngra shoir ijodidan namunalar oʻqildi, qoʻshiqlar ijro etildi.Oʻziga xos Navoiyxonlik tusini olgan kecha barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Faxriddin YuSUPOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶