Maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyatidan ota-onalar mamnun
Yuksak tafakkur, bilim va maʼnaviyatga ega boʻlgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda maktabgacha taʼlim sohasi gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois sohaga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Xolimbeg ovulidagi 48-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 29-MTM filiali negizida tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda kichkintoylar uchun sevimli maskanga aylanishga ulgurdi. Muassasada ayni paytda asosiy guruhda 50 nafar, tayyorlov guruhida 90 nafar bolajonlarga tarbiya va taʼlim berib kelinmoqda. Ularga yetuk tarbiya, sifatli taʼlim berish va sifatli, mazali taomlar tayyorlash kabilar boʻyicha 23 nafar xodim shugʻullanib kelmoqda.
Muassasada vaqtdan unumli foydalanib, qiziqarli mashgʻulotlar, bayramlar munosabati bilan badiiy-musiqiy tadbirlar ham tashkillashtirilmoqda. Tarbiyachilardan Muhabbat Eshimbetova, Muyassar Matyakubova, Aqmaral Boltaboyeva hamda Madina Asqarovalar Konstitutsiya kuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan kichkintoylar ishtirokida sheʼr, qoʻshiq va raqslardan iborat musiqiy dastur tayyorlab, bayram ertaliginioʻtkazdilar.
– Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ham bayram ertaligiga tashrif buyurib, tadbirimizni tomosha qildilar – deydi muassasa mudirasi Xosiyat Qurbonboyeva. – Oʻz farzandlarining ajoyib chiqishlarini koʻrib, ular ham nihoyatda zavqlandilar. Mashgʻulotlarimizda kichkintoylarning zehni yanada ortayotganidan, farzandlariga yetarli ʼtibor qaratilib, yangi pedagogik uslublar asosida tarbiya berilayotganidan ota-onalar juda ham mamnun.
Ovul hududidagi bogʻcha yoshidagi boshqa bolalarni ham qamrab olish va ularga yetuk taʼlim-tarbiya berish maqsadida muassasada yangi guruhlar tashkil etish, kengaytirish moʻljallanmoqda.
Dildora Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶