“Temurbeklar maktabi”da mard va jasur oʻgʻlonlar tarbiyalanadi
Harbiy boʻlishni bolalikdan orzu qilganman. Ayniqsa, ovulimizdan ketma-ket 4 nafar yigit shu soha boʻyicha oʻqishga kirib, harbiy libosda qaytishganini koʻrgach, havasim yana ham ortdi. Oilamizda opalarim va akam ota-onamizning izidan borib, oʻqituvchilik kasbini tanlashgan boʻlsa-da, mening harbiy boʻlish haqidagi qarorimni hammalari qoʻllab-quvvatlashdi. Hatto ota-onam bundan juda faxrlanishdi.
Men bundan ruhlanib, tayyorgarlikni boshlab yubordim hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Urganch shahridagi “Temurbeklar maktabi”ga hujjat topshirib, bosqichma-bosqich oʻtkazilgan tibbiy koʻrik, jismoniy tayyorgarlik, suhbat va test sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtdim. Hozir “Temurbeklar maktabi”ning 1-bosqichida taʼlim olayapman. Bu yerda biz uchun yaratilgan katta imkoniyatlardan foydalanib, berilayotgan bilimlarni chuqur oʻrganishga astoydil harakat qilayapman. Ustozlarimdan rus tili fani oʻqituvchisi Ozoda Roʻzmetova, guruh komandiri katta serjant Talgʻat Ahmedov, vzvod komandiri kapitan Otabek Xoliqnazarov, komandir yordamchisi katta serjant Abduvahob Ismoilovlardan ilm va oʻrnak olib, oʻqishni shu soha boʻyicha oliy oʻquv yurtida davom ettirish niyatidaman.
Kelajakda Chirchiqdagi harbiy bilim yurtida mahorat va bilimimni yanada mustahkamlab, malakali harbiy kadr boʻlib yetishish, salohiyatim va bilimimni milliy Armiyamiz qudratini yanada yuksaltirishga bagʻishlash – eng katta orzuimdir.
Sohibjon Nurullayev, Urganch shahridagi
“Temurbeklar maktabi”ning 1-bosqich, 104-guruh oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶