Askar onasi böliş – şaraf
Ona uçun farzandining kamolini körişdan uluğroq baxt yöq. Mening ikki öğil, bir qizim bor. Katta öğlim Nodirbek quruvçi-arxitektorlik kasbini tanladi. Ikkinçi öğlim Hakimjon esa hozir harbiy xizmatda, Toşkent şahrining Qibray tumanidagi harbiy qismlardan birida yigitlik burçini ötamoqda. Xudoga şukur, yurtimizda tinçlik, osoyiştalik hokim. Tonglarimiz osuda. Ana şu osudalikni taʼminlaşda fidoyilik körsatayotgan milliy Armiyamiz saflarida mening öğlim ham borligidan faxrlanaman.
Öğlim xizmat qilayotgan harbiy qism qömondonligidan “farzandingiz maʼnaviy-maʼrifiy hamda jangovar maşğulotlarda hamişa faol, aʼloçi” degan mazmunda xat olganimizda, töğrisi, butun oilamiz bilan Hakimjon öğlimizning ona Vataniga sodiq, jasoratli va matonatli askar sifatida tanilayotganidan nihoyatda quvondik. Hakimjonning harbiy xizmatdan söng şu sohada öqiş istagini esa çin dildan qöllab-quvvatladik. Ayni paytda u oliy harbiy akademiyalardan birida öqiş uçun harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega böliş istagida test sinovlarini topşirmoqda.
Fursatdan foydalanib, farzandlari muddatli harbiy xizmatni ötayotgan hamda farzandlari muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan onalarni, barça harbiylarni, mamlakatimiz mudofaa tizimlarida öz xizmat burçini ötayotgan yurtdoşlarimizni 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan çin dildan tabriklayman. Vatanimiz tinç, sarhadlarimiz daxlsiz bölsin. Çunki tinçlik bölgandagina biz onalar xotirjam yaşaymiz. Barçaga bayram muborak, aziz harbiylar!
Suratda: Xotin-qizlar qömitasining “Farovon“ mahallasidagi mutaxassisi S.Maşaripova (öngda) askar onasi R.Rajabovani bayram bilan qutlamoqda.
Roza RAJABOVA, “Farovon” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶