14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:15
Maqolalar 👁 1,047

YaXShI MUOMALA – INSON ZIYNATI

YaXShI MUOMALA – INSON ZIYNATI

Bismillahir rohmanir rohiym.

Inson oʻzi tanho, odamlardan ajralib Robinzon Kruzoga oʻxshab, kimsasiz orolda yashashi, albatta, ancha qiyin. U hamisha boshqalar bilan birgalikda muomalada boʻladi, koʻpchilik orasida yashashga koʻnikkan.

Muomala ilmi – xavf, rijo, rizo, siddiq, ixlos kabi qalb holatlari haqidagi ilmdir. Tarixda ushbu ilmni mukammal egallash bilan koʻpgina ulamolarimiz el orasida olimlik martabasiga erishganlar. Masalan, islom tarixida Sufyon Savriy, Abu Hanifa Koʻfiy, Imomi Molik, Imomi Shofʼiy, Imomi Ahmad ibn Hanbal (rahmatullohi aʼlayh)lar shunday insonlar sirasiga kiradilar.

Musulmon odam turli toifadagi insonlar bilan yaxshi muomalada boʻlishga harakat qilmogʻi, doʻstiga ham, dushmaniga ham oʻzini xor tutmasligi, ularning haybatidan choʻchimasdan, kibrdan yiroq boʻlgan holda, ehtirom va tavozʼe bilan muomala qilishi kerak boʻladi. Komil inson barcha ishlarda moʻʼtadil boʻlmogʻi va bir tarafga ogʻib ketmasligi darkor. Aqlli inson jamoat joylarida tish kavlamasligi, barmoqlarini shiqirlatib qarsillatmasligi, kiyimini kiymasdan yelkasiga solib oʻtirmasligi, soqol va uzuklarini koʻz-koʻz qilib siypalayvermasligi kerak.

Odamlarning yuziga qarab esnamasligi, aksirmasligi, taom yeganda va ichganda xoʻrillatib, ogʻzini shapillatmasligi maʼqul. Oʻtirishlar va toʻy-maʼrakalarda vazminlik va sokinlik bilan oʻtirib-turishi, aytmoqchi boʻlgan fikrini shoshilmasdan, obdon miyasida pishitib, keyin gapirgani durust boʻladi.

Jamoat joylarida sabr va qanoat sukut bilan boshqalarni koʻproq eshitib, tilga emas, quloqqa kuch berishning afzalliklari toʻgʻrisida ham faqihlarimiz eslatib oʻtganlar.

Beʼmani gaplarni gapirmaslik, birovlarning gʻiybatini qilishdan tiyilish va davlat rahbarlari shaʼni va shaxsiyatiga oʻrinsiz va nomunosib boʻlgan soʻzlarni aytishga mutlaqo yoʻl qoʻymasliklari qatʼiyan shart. Oʻzining bola-chaqasini, xotinini, yozgan ijodiy ishlarini va qilgan yaratuvchanliklarini koʻpchilik oldida aytib, oʻzini-oʻzi maqtashi odob dasturimizga yot harakat hisoblanadi. Boshqa birovlarning maqtovga loyiq boʻlgan ibratli ishlarini jamoat ichida xolis maqtab, baho berilsa joiz. Ammo yomonlab, hasad qilishdan tiyilmoq zarur. Jamoat joylarida soʻzlovchining gapiga nihoyatda eʼtiborli boʻlishimiz, uning gapidan oʻta ajablanganligimizni yon-atrofdagilarga sezdirmasligimiz va boshqalardan gapni takroran aytishini soʻramasligimiz lozim.

Kiyinish borasida ham oʻta yasanishga oʻch boʻlmasdan, oʻrtacha holatda, oʻz yoshimizga munosib kiyimlar kiyishimiz, xushboʻy atirlarni ham meʼyoridan oshirib yubormasligimiz zarur. Birovga hojatimiz boʻlsa, unga haddan tashqari yalinib-yolvormasdan, yalinchoqlik qilishimiz odobdan emas. Har qanday joyda biron kimsaga zulm qilish islomda va dunyoviy qonunchiligimizda ham mutlaqo man qilingandir. Biror kishi bilan tortishib qolganda oʻz joyimizda viqor bilan, shoshilmasdan jahlimizni bosib olib, hujjat va faktlarni yaxshilab oʻylab, keyin javob qaytarsak, maqbul boʻladi.

Yaxshi kunlaringdagina, mansabing borida doʻst tutinuvchi odamlarni tanib- bilib olish, ulardan olislashish kerak. Chunki ular dushmanlarning qilmishini har lahzada qilib qoʻyishi mumkin. Oʻtirishlarga va biron majlisga kirganda amri maʼruf qilinmayotgan yoki qurʼon tilovat etilmayotgan boʻlsa, “assalomu alaykumlar”, demasdan, “assalomu alaykum”, deb salom berib, oʻtirganlarning orasini yorib oʻtmasdan, qayerda boʻsh joy boʻlsa, oʻsha yerga oʻtirish va u yerdagi ulugʻlarga, ulamolarga soʻrashishlariga imkon berish, undan keyin oʻng tarafdan soʻrashib boshlash mumkin.

Aqlli inson oʻz boyligi va molining miqdorini jamoatda maqtamaydi. Chunki bundan boshqalarga kamlik kelishi yoki taʼma qilishi ham mumkin. Baʼzilar manmanlik feʼli sababli boshqalarni nazar-pisand qilmaydi, bu aslo mumkin emas. Zaif va gʻarib insonlarning ham barchasi bilan teng muomala munosabatda boʻlishiga imkon berish – bu aʼlo darajadagi odob xususiyatlaridandir. Xoʻjanazar Huvaydo aytadilar:

Hoki poyi yaxshilar boʻl, hok boʻlmasdan burun,

Bu qora yer bagʻri senga chok boʻlmasdan burun.

Shayx Saʼdiy oʻzlarining “Guliston” asarida shunday deydilar: “Bir kuni qoʻlimga tushgan loy (gil) parchasidan soʻradim: “Namuncha xushboʻy boʻlmasang? Sening bu xush-boʻyligingdan mast boʻlayozdim-ku?” U esa bunday javob berdi: “Aslida men hech kim eʼtibor bermaydigan bir loy (gil) parchasi edim. Ammo maʼlum muddat atirgul oʻsgan joyda boʻldim. Yaʼni, mendagi bu xushboʻy muattarlikning asl sababi atirguldir”. Ha, bu oʻrinda yaxshi insonlar bilan birpasgina hamsuhbat boʻlishning foydasi shayx tomonidan (aslida nazmiyda) yuksak darajada ifodalangan.

Paygʻambarimiz (s.a.v) oʻz hadislarida: “Yaxshi oʻrtoq mushkanbar sohibi, yomoni esa temirchining olov purkovchi bosqoni kabidir. Mushki anbar egasi yo bu xushboʻylikdan bir miqdorini senga hadya etadi yoki sen undan xarid qilasan yoxud uni hidlab foyda olasan. Ammo temirchi bosqonidan chiqayotgan alanga yo sening kiyimingni yondiradi, hech boʻlmasa, uning badboʻy hididan hidlashga majbur boʻlasan”, – deganlar. (Imom Buxoriy, “Tajridi Sarih”, 1-jild, 28-sahifa).

Odamlar hayotida ikki narsa bilan taqdirlanadilar: yaxshilik qilgan – yaxshilik bilan, yomonlik qilgan – yomonlik bilan. Bu – qaytar dunyo hikmati, sinab koʻrilgan haqiqat. Uch narsa kishini qiynab, umrining za-volini tezlashtirishi mumkin: baxil inson bilan birga yashash, tepsa-tebranmas kishi bilan ulfat boʻlish va bajarilishi uzoqqa choʻzilgan vaʼda.

Odobli odam ota-onasiga va yaqinlariga muomala borasida har qanday yomon xatti-harakatlardan saqlanadi. Ular bir narsani, aytsa yoki buyursa “uf” demasligi, doimo yaxshi soʻzlar aytib, koʻngillarini koʻtarib qoʻyishi uning farzandlik burchi ekanligini unutmasligi zarurdir. (Bu masala “Qurʼon”ning “Al-Isro” surasi, 23-oyatida ham keltirilgan).

Farzandlar hech vaqt ota-onasining ismlarini aytib chaqirmasligi, balki “oyijon”, “dadajon” deb chaqirgani maʼqul va afzal hisoblanadi. Ulugʻ sahobalarimizdan Abu Hurayra (r.a.) “Otangizning oldida yurmanglar, uni ismlari bilan chaqirmanglar va undan oldin oʻtirmanglar”, – deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).

Ota-ona, qariyalar, katta olimlar, davlat rahbarlari, ustoz-muallimlar kelsa, ularning hurmatini joyiga qoʻyib, oʻrnidan turib, quchoqlashib koʻrishsa – bu yaxshi odobdir. Paygʻambarimiz (s.a.v) bir joyda ansoriylarning kattalaridan boʻlgan Saʼd ibn Muoz kelganlarida bunday deganlar: “Boshliqlaringiz uchun oʻrningizdan turing”. (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulugʻlarimiz aytibdilarki, barcha sarmoyalarning yaxshisi va jamiki ziynatlarning mahbubrogʻi – bu muomala odobidir.

Zero, hazrat Navoiy aytganlaridek:

Aysh, Navoiy, necha dilkashdurur,

Lek adab birla hayo xushdurur.

Hayovu adab birla tuzgil maosh,

Yana ayla, taʼzimu hurmatni fosh!

Ne el yori boʻlsang, alar rangi boʻl,

Nechuk borsang, tutkil ul sori yoʻl.

Qodirbergan hoji

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019