Qish fasli – jadal ish fasli
Ayni kunda Amudaryo tumanining Qilichboy ovulidagi barcha mehnat jamoalarida qish faslini jadal ish fasliga aylantirib, bahorgi ekin mavsumiga puxta hozirlik koʻrishga harakat qilinmoqda.
Ovulda faoliyat koʻrsatayotgan fermer xoʻjaliklari shu kunning har bir daqiqasidan unumli foydalanib, mahalliy oʻgʻit jamgʻarishni jadal surʼatlarda olib borayotgan boʻlishsa, Qilichboy muqobil mashina-traktor parki mehnat ahli ekish davrida foydalaniladigan barcha turdagi texnikalarni mavusmga toʻla shay qilib qoʻyishga harakat qilishmoqda.
Mazkur MMTPda shu kungacha 33 ta TTZ-80 traktori, 16 ta seyalka, 30 ta mola, 33 ta kultivator, 30 ta borona va boshqada texnikalar toʻla taʼmirlanib, mavsumga shay qilib qoʻyildi.
MMTP ustaxonalarida texnikalarni taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etayapti.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶