18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 03:46
Jamiyat 👁 1,122

2019-yilgi davlat dasturi loyihasi: qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimida qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda?

2019-yilgi davlat dasturi loyihasi: qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimida qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda?

Jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasining 2-boʻlimida qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan. Unda asosan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash, maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, huquqiy yordam va yuridik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish kabilar koʻrsatilgan. Shuningdek, koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʼullar va muddatlar belgilangan.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash va nufuzini oshirish boʻyicha “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilishi moʻljallangan. Loyihada  arbitr sifatida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xorijiy mamlakatlar qonunchiligini qoʻllash, nizolarni xalqaro arbitraj orqali koʻrib chiqishning huquqiy asoslari nazarda tutiladi.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasini ishlab chiqish ham koʻzda tutilgan boʻlib, unga koʻra  sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda uzoq muddat davomida (5-yil va undan ortiq) benuqson faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta va oʻrta-maxsus maʼlumotli yoki boshqa mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga ega xodimlarni keyinchalik mazkur organda kamida 5-yil ishlab berish sharti bilan imtiyozli ravishda shartnoma asosida sirtqi boʻlimlarda oliy yuridik taʼlim muassasalariga qabul qilish va maqsadli tayyorlash tizimini joriy etishga eʼtibor qaratiladi. Sudyalikka nomzodlarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini takomillashtirish, sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun amaldagi yosh tsenzini qayta koʻrib chiqish kabildar boʻyicha ham Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilishi aytib oʻtilgan. Shuningdek, hujjatga koʻra sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini ishlab chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi tayyorlanadi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha tayyorlanadigan hujjatlar loyihalarida  restoran, kafe va boshqa koʻngilochar obʼektlar da huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash talablarini oʻrnatgan holda ularning tungi paytda ishlash tartibini belgilash, fuqarolarga pasport xizmati koʻrsatish tizimini soddalashtirish, ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olib, jazoni ijro etish tizimida shaxsni axloqan tuzatish va jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash kabilar koʻzda tutilgan.

Maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish  boʻyicha 2019-yil 1-iyulda tayyorlanishi koʻzda tutilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasida jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining taʼsirchan va ishonchli muhofaza qilinishini taʼminlash, qonunchilikdagi jazoni ogʻirlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qoʻllash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish, jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uygʻunlashtirish, jinoyat-protsessual qonunchilikda yarashuv instituti doirasini kengaytirish nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish ham moʻljallangan boʻlib, unga koʻra maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishning protsessual tartibi takomillashtiriladi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha ham normativ-huquqiy hujjat loyihasi esa 2019-yil 1-fevralda,  asosan jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining mol-mulklarini himoya qilishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish maqsadida xususiy qoʻriqlash xizmatlarining huquqiy asoslarini yaratish, profilaktika inspektorlariga koʻmaklashuvchi professional faoliyatni takomillashtirish kabilar boʻyicha tayyorlanadi.

Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash boʻyicha sud ekspertizasi faoliyatini yanada takomillashtirishni koʻzda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasi 2019-yil 15-sentyabrda ishlab chiqilib, muhokamaga taqdim etiladi. Shuningdek, Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring”birinchi Xalqaro yuridik forumini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tayyorlanishi moʻljallangan.

Huquqiy yordam va yuridik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha  2019-yil 10-noyabriga qadar ayrim harakatlar uchun notarial tasdiqlanishi shart boʻlgan talablarni bekor qilish, 2019-yilning may oyi davomida esa oliy yuridik taʼlim tizimiga xalqaro standartlarni joriy qilish, bu borada dunyoning yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga bepul huquqiy maslahat berishga moʻljallangan “Advice.uz” interaktiv axborot portalini tashkil etish boʻyicha ham qonun loyihalari tayyorlanadi.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan oʻz fikr-mulohazalari bilan Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol qatnashishlarini soʻrab qolamiz. Eslatib oʻtamiz, mazkur Davlat dasturi loyihasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026