XALQ DEPUTATLAPI AMUDAPYo TUMAN KENGAŞI PESPUBLIKADAGI YILNING ENG NAMUNALI KENGAŞI MAQOMIGA SAZOVOP BÖLDI
Prezidentimiz Ş.Mirziyeyov 2017-yil 13-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan ötkazgan videoselektor yiğilişidagi maʼruzasida mamlakatimizda yuksak malakali deputatlar korpusini şakllantiriş borasidagi işlar haqida gapirar ekan, bu borada bir taklif bergan edi. Yaʼni, Oliy Majlis Senati har yilning yakuni böyiça aniq mezonlar asosida mamlakatimiz böyiça xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlari orasidan 14 ta, Qoraqalpoğiston Pespublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri vakillik organlari örtasidan esa 1 ta namunali kengaşni aniqlab, boşqalarga örnak qilib körsatiş va rağbatlantiriş tizimini yölga qöyişi taklif qilingan edi.
Şunga asosan Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuçaytirişga kömaklaşuvçi komissiyasi tomonidan Qoraqalpoğiston Pespublikasi xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlari faoliyati örganilib, bir qator körsatkiçlarni öz içiga olgan mezon asosida ularning faoliyati baholandi.
Komissiyaning 2018-yil 6-dekabrdagi qaroriga köra xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Qoraqalpoğiston Pespublikasidagi yilning eng namunali Kengaşi maqomiga sazovor böldi.

Suratda: Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Sarvar Otamuratov tuman hokimi S.Yöldaşevni qutlamoqda
Bu haqdagi sertifikatini 14-dekabr kuni bölib ötgan tuman Kengaşi sessiyasida Qoraqalpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi Paisining örinbosari Atadjan Xamrayev xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşi raisi Sultonboy Yöldoşevga tantanali ravişda topşirdi.

Prezidentimiz ötgan yili Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Qaçonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga özgarsa, byudjet ijrosi töliq taʼminlansa, jinoyatçilik kamaysa, yangi iş örinlari yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmuş darajasi yaxşilansa, mahalliy Kengaşlar faoliyatiga ijobiy baho bersa böladi”. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib aytiş mumkinki, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi yilning eng namunali Kengaşi deb topilişi nafaqat tuman rahbariyati va deputatlar, hokimlik masʼullarining fidokorona xizmatlari natijasi, balki tumanimiz ravnaqiga özlarining munosib hissalarini qöşayotgan har bir yurtdoşimizning mehnatlari eʼtirofidir.
Fursatdan foydalanib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi va barça deputatlarni, tuman hokimligi masʼullarini uşbu yuksak maqom bilan muborakbod etamiz!
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶