AMUDAPYo TUMANIDA KONSTITUTsIYa KUNI MUNOSABATI BILAN BAYPAM TADBIPI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarini taʼminlaş, inson huquq va erkinliklarini himoya qilişda Konstitutsiya muhim asos bölib kelmoqda. Ötgan davr mobaynida davlat va jamiyat qurilişi sohasida amalga oşirilgan tub islohotlar, xalqimiz qölga kiritgan ulkan yutuqlar ham davlatimizda uşbu hujjatda belgilangan qoida va tamoyillardan töla foydalanilayotganligining natijasidir. Mamlakatimizning taraqqiyot yölidan dadil odimlaşida zamin bölayotgan Özbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan tumanimizda ham katta tadbir ötkazildi.
6-dekabr kuni Manğit şahridagi Madaniyat markazida ötkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi S.Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokimi örinbosarlari, davlat va maʼmuriy organlar, korxona-taşkilotlar, taʼlim muassasalari rahbar va masʼul xodimlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova oçib berdi.
Tadbirda tuman hokimi S.Yöldaşev, tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupov, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati M.Beknazarovalar sözga çiqib, Konstitutsiyada belgilangan inson hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanişini alohida taʼkidladilar.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan 2017-2021-yillarda Özbekiston Pespublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi Konstitutsiyamizda belgilangan hayotiy normalarni amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani, bu esa yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuçli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni quriş, xalqimiz uçun tinç, obod va farovon hayot barpo etiş, Özbekistonning xalqaro maydonda munosib örin egallaşida mustahkam poydevor bölib xizmat qilayotgani hayotiy misollar bilan oçib berildi.
Şuningdek, Konstitutsiya jamiyat hayotining barça sohalaridagi samarali islohotlar qatorida jamiyat iqtisodiy negizlarini şakllantiriş, ayniqsa, şaxsning mulkka egalik qiliş huquqi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qiliş erkinligi orqali mamlakat taraqqiyotiga qöşayotgan hissasini kuçaytirişga imkon yaratayotganiga keng töxtaldilar.
Qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilişning muhim kafolati bölib kelayotgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bağişlangan tadbir tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan “Konstitutsiya – oliy Qomusim” deb nomlangan musiqiy dastur bilan davom etdi. Dasturda taqdim etilgan slayd-lavhalar, namoyiş etilgan musiqiy kompozitsiyalar, Madaniyat bölimi sanʼatkorlari, maktab öquvçilari, maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari ijrosidagi sahna körinişlari, Vatan madhiga bağişlangan şeʼr va qöşiqlar, jozibali raqslar barçaga xuşnudlik ulaşib, bayram kayfiyatini baxş etdi.
O.XUDOYBEPGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶