25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 00:01
Jamiyat 👁 1,405

Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati tomonidan aholi va ijtimoiy obʼektlarga 62 mln. soʻmlik xizmat koʻrsatildi

Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati tomonidan aholi va ijtimoiy obʼektlarga 62 mln. soʻmlik xizmat koʻrsatildi

Qishning sovuq kunlarida aholi isitish moslamalaridan koʻp foydalanadi. Xonadon va boshqa obʼektlarni isitishda elektr asboblari, tabiiy gaz tarmoqlari yoki yoqilgʻining boshqa turlari ishlatiladi. Lekin, elektr isitish asboblari, pechlar, tabiiy gaz tarmoqlarining soz yoki nosozligiga doim ham jiddiy eʼtibor qilinmaydi. Ayniqsa, moʻrikon va dudburonlarni muntazam tekshirish lozimligiga koʻp hollarda ahamiyat berilmaydi. Isitish moslamalariga doim zarurat seziladigan qish mavsumida  ana shunday ehtiyotsizlik natijasida xavfli hodisalar sodir boʻladi. Afsuski, bunday hodisalar tufayli koʻpincha insonlarning hayoti xavf ostida qoladi.

Oʻzbekiston Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan ushbu holatlarning kelib chiqish sabablari va manbalari oʻrganilib, tahlil qilinganida fuqarolarning tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanishi, nazoratsiz qoldirishi sababli roʻy berayotgani aniqlanmoqda. Bunday eʼtiborsizliklar oqibatida qancha oilalarning hayoti xavf ostida qolib, bevaqt oʻlim holatlari ham sodir boʻmoqda. Shuning uchun xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gaz, koʻmir va boshqalarni ishlatganda doim xavfsizlik choralarini koʻrish lozim. Tabiiy va is gazidan zaharlanishining oldini olish tadbirlari nafaqat mutassadi tashkilot, idoralar tomonidan, balki har bir xonadon egalari va barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilsa kuz-qish mavsumi talofatsiz oʻtadi.

Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi tomonidan  aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlardagi isitish moslamalarining soz-nosozligi, kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻrikdan oʻtkaziladi.Tuman hududida ovul va mahallalardagi aholi xonadonlarida, ijtimoiy obʼektlarda jamiyat nazoratchilari T.Allaniyozov, N.Matirzayev, J.Atajonov, M.Rahimov, E.Atajonov, A.Toʻraboyevlar xizmat koʻrsatadi.  Shu paytga qadar 8 ming xonadonga eslatma, 3 ming xonadonga esa plakatlar tarqatildi.  Jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik pullik boʻlib, oʻtgan 9 oy davomida koʻrsatilgan xizmat 62 mln.soʻmdan ziyod boʻldi. Shundan aholi xonadonlariga 22 mln. soʻmlik, ijtimoiy obʼektlarga 40 mln. soʻmlik xizmat koʻrsatildi.   

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan xonadonlarda pullik asosda gaz jihozlarini koʻrikdan oʻtkazish, sozlash, moʻrikonlarni va dudboʻronlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, shartnoma asosida korxona-tashkilotlar binolari uchun birlamchi oʻt oʻchirish inventarlari, jihozlar ham beriladi. Agar Siz ham bu xizmatga ehtiyoj sezsangiz, jamiyatning 93 619 97 79 raqamli telefoniga qoʻngʻiroq qilib, buyurtma berishingiz mumkin. Shu oʻrinda barcha yurtdoshlarimizni gazdan zaharlanish va chaqnash bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda ogohlik va faollikka chaqiramiz.

 Tursunboy Madrahimov,Yongʻinga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy boʻlinmasi raisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026