16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:00
Jamiyat 👁 795

OʻGʻRILIK FAOLIYaTIGA ChEK QOʻYILDI

OʻGʻRILIK FAOLIYaTIGA ChEK QOʻYILDI

Oramizda shunday insonlar ham borki, ular halol mehnat bilan emas, balki yengil-yelpi, nopok harakatlar bilan daromad topishni, hatto boyib ketishni ham orzu qiladilar.

Hamyurtimiz Rasulov Sardor Bahrom oʻgʻli (ism, familiyalari oʻzgartirilgan) qirchillama yigitlik yoshiga yetganida ham tengqurlari qatori dalada yoki korxona va tashkilotlarda mehnat qilib daromad topishni, shu yoʻl bilan oilasini boqishni niyat qilmadi. Yotsa ham, tursa ham uning xayolida osongina pul topib, boyib ketish orzusi paydo boʻldi, xolos. Mana shunday xunuk orzu-havas uni jinoyat botqogʻiga yetakladi.

U qishloqda yashaganligi bois odamlarning qoramollari kunduzi ham, tunda ham dalada, ekindan boʻshagan maydonlarda bogʻliq turishini yaxshi bilardi.

U dastlabki “faoliyati”ni 2017-yilning 25-iyun tongida koʻz ostiga olib qoʻygani – hamqishlogʻi M.Xolboyevning bahosi 2 mln. 700 ming soʻmlik bir bosh qoramolini oʻgʻirlab Mangʻit mol bozoriga yetaklashdan boshladi. Bozorda u molni fuqaro I.Yerimbetovga 1 mln. 400 ming soʻmga “pulladi”.

Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa ham qoʻymas, deganlaridek, Sardor Rasulov oʻz “faoliyati”ni yana davom ettirishga qaror qildi va 2017-yilning 3-sentyabr tongida hamqishlogʻi Q.Matyoqubovning bahosi 2 mln. 500 ming soʻm turadigan bir bosh molini Mangʻit chorva bozoriga yetakladi.

Ammo bu qoramol Sardorning shum niyatini sezdi shekilli, unga boʻysunmasdan qochib ketishga muvaffaq boʻldi. Shunday qilib bu gal Sardor oʻz niyatiga erisha olmadi.

Oradan koʻp oʻtmay Sardor Rasulov yana “ov”ga chiqdi. U 2017-yilning 7-sentyabr tongida yana bir hamqishlogʻi A.Karimovga tegishli boʻlgan, bahosi 1 mln. 500 ming soʻmlik bir bosh qoramolni Mangʻit mol bozoriga yetakladi. U bu molni fuqaro X.Xudoyorovga bir million soʻmga sotib yubordi.

“Koʻza kunda emas, kunida sinadi” deganlari haq gap ekan. Kunlardan bir kuni oʻgʻrilikni oʻziga kasb qilib olgan Sardor Rasulovning gʻayriqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi. U huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Oʻgʻirlik yoʻli bilan daromad topib, oilasini boqishni va shu yoʻl bilan boyib ketishni orzu qilgan Sardor Rasulovning jinoyat ishi 2018-yilning 24-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining ochiq majlisida koʻrib chiqildi.

Jinoyatga jazo muqarrar, deyishadi. Shu boisdan ham sud fuqaro Rasulov Sardor Bahrom oʻgʻlining jinoiy harakatlariga munosib baho berdi.

Z.IDIYeTULLAYeV,

tuman prokurorining yordamchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019