ODDIY YeLIM BAKLAShKADAN GULTUVAK YaSASh MUMKIN

Buning uchun avvalo foydalanilgan narsalarni uvol qilmaslik, ularni oilaning boshqa bir ehtiyojlariga ishlatishga intilmoq lozim.
11-sonli maktab oʻquvchisi Jahongir Madaminov shu maqsadida oddiy yelim baklashkani yarmidan yuqorirogʻidan kesib, yuqori tarafini pastga qaratib qoʻyib gul oʻtqazdi va qopqogʻining bir nechta joyini uchli kichkina mix bilan teshdi. Idishning tag qismi devorlarini qaychi yordamida naqshlab qirqib, unga gul tuvakni, yaʼni baklashkaning yuqori qismini oʻtirgʻizdi, yana unga taglik yasadi.
Shunday qilib, gulga quyilgan suvning ortiqchasi pastga oqib ketishi, pastki qismdan havo kirib turishi tufayli gullar tez rivojlandi. Tuproq mogʻorlanmagani, gulning tomirlari toza havodan nafas olib turgani uchun bunday usulda gul oʻstirish juda oson va gul uzoq yillar xonadondagi katta-yu kichikka zavq bagʻishlab turadi. Suratda siz Jahongir Madaminovning oddiy yelim baklashkadan tayorlangan gultuvagida oʻstirayotgan gulini koʻrishingiz mumkin.
Guloyim BEGJANOVA, 11-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶