18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:24
Jamiyat 👁 1,005

“Yoshlar – kelajagimiz“ davlat dasturi – tashabbuskor yoshlarning tayanchi

“Yoshlar – kelajagimiz“ davlat dasturi – tashabbuskor yoshlarning tayanchi

Bugungi kunda yurtimiz ravnaqiga katta hissa qoʻshayotgan ilgʻor fikrli, har sohada faol ish olib borayotgan, oʻz innovatsion gʻoyalari va startaplari orqali tadbirkorlik loyihalarini amaliyotga joriy etayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Shu masala boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining Amudaryo tumani filiali rahbari Rashid Tursunboyev bilan suhbatda boʻldik:

– Avvalo, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining asosiy vazifalari xususida toʻxtalib oʻtsangiz.

– Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar - kelajagimiz” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, tadbirkorlik subʼektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, tadbirkorlik subʼektlariga Davlat dasturi doirasida beriladigan tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha (ammo 1 mlrd, soʻmdan oshmaydigan miqdorda) Jamgʻarma kafilligini berish – jamgʻarmaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik subʼektlari loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamgʻarma ulushini 5-yil davomida realizatsiya qilish, tegishli koʻnikmalarga ega, band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashish ham jamgʻarmamizning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

– Bugungi kunda tumanimizda jamgʻarmaning koʻmagi bilan qanday loyihalar amaliyotga joriy etildi?

– Jamgʻarmaning tashkil qilinganiga oz fursat boʻlishiga qaramasdan, qator amaliy ishlarni qilishga erishildi. Jumladan, xizmat koʻrsatish sohasida Abdurahimov Abbos Anvar oʻgʻliga avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish biznes-loyihasi boʻyicha faoliyat boshlashi uchun 50 mln. soʻm kredit ajratildi. Ayni vaqtda tadbirkor oʻz faoliyatini boshlab, 3 ish oʻrni yaratdi. Shuningdek, Fayzullayev Muhiddin Qutlimurotovichga non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha tadbirkorligini amalga oshirish uchun 100 mln soʻm kredit mablagʻlari ajratilib, yosh tadbirkor aholiga non yetkazib berishni boshladi.

–Dasturning kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashsangiz.

– Biz yaqin kunlar ichida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablagʻlarini tumanimiz yoshlarining toshni qayta ishlash, kompyuter xizmatlarini koʻrsatish, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, tikuv va tikuv- trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlardagi loyihalariga yoʻnaltirib, 421 nafar yoshlarni ish bilan taʼminlashni koʻzda tutmoqdamiz.

Bu javoblarga yanada oydinlik kiritish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi boʻyicha oʻz biznes- loyihasini amalga oshirgan yosh tadbirkor Abbos Abdurahimov bilan uchrashib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob oldik:

– Abbos, oʻz loyihangizni amalga oshirishda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?

– Unchalik qiyinchilik boʻlgani yoʻq. Kredit olishda Yoshlar ittifoqi rahbariyatining oʻzlari yordam berishdi.

– Kredit olishda kafillik masalasi qanday hal etildi?

– Menga kafil shart emas deyishdi, chunki shu binoning oʻzini garovga qoʻydim.

– Loyihangizni amalga oshirishga qancha kredit mablagʻi ajratildi?

– Ish boshlashim, kerakli uskunalarni olib kelish uchun 50 million soʻm ajratildi. 7 foizlik shart bilan 5-yil muddatga oldim.

– Uskunalarni qayerdan keltirdingiz?

– Toshkentda xususiy kompaniya bor yekan. Germaniya, Xitoydan keltirib berishadi.

– Loyihangiz boʻyicha qancha ish oʻrini yaratdingiz va maosh masalasi qanday boʻladi?

– Oʻzimdan boshqa 3 nafar yoshni ishga oldik. Hozircha ularga oyiga 500 ming soʻmdan maosh berilyapti, sinov muddatidan keyin 800 ming soʻm qilishni rejalashtiryapman.

– Tengdoshlaringizga oʻz maslahatlaringizni bersangiz.

–Ularga maslahatim, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz biznesingizni boshlang. Chet davlatdagi vaqtincha ishlarni xayol qilmay, oʻz yurtimizda faxrli kasbning egasi boʻlib, Vatan ravnaqiga hissangizni qoʻshing!

– Mazmunli suhbatingiz uchun katta rahmat!

Suhbatdosh: Oxunjon Abdullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026