AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Joylarga borib sayyor qabullar ötkaziş, fuqarolar bilan yuzma-yuz uçraşiş, aholi bilan doimiy muloqot qiliş ularni qiynayotgan muammolarni hal etişning samarali usullaridan biri bölib kelmoqda. Odamlarning dardini eşitiş, ular bilan oçiq sözlaşiş, oğirini yengil qiliş fuqarolarning davlat va jamiyatga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş böyiça Prezident administratsiyasi masʼul xodimi Alişer Usmanov iştirokida 27-oktyabr kuni Amudaryo tumanida bölib ötgan sayyor qabulda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining xalq bilan muloqoti turli muammolarga öz joyida yeçim topişning samarali usuli ekani yana bir bor öz tasdiğini topdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va tumandagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot ötkazilgan sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq qabulxonasi raisi H.Halimov, tuman hokimi S.Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimining örinbosarlari, huquqni muhofaza qiliş organlari rahbarlari, davlat va jamoat taşkilotlari mutasaddilari, tijorat banklari xodimlari va boşqa masʼullar iştirok etdilar.
Tumanimizdagi Çoyköl ovulida ötkazilgan sayyor qabulda uy-joy, kommunal xizmat körsatiş tizimi, tibbiyot, huquq-tartibot idoralari faoliyati va boşqa ijtimoiy, iqtisodiy va maişiy masalalarda qilingan ovul fuqarolarining murojaatlari körib çiqildi. Jumladan, fuqaro Gulçehra Jumatovaning “Nöğoy Eşon bobo” aholi punktini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, nogironligi bölgan Ahmad Şomurodovning poyabzal tikiş maşinkasini olişga yordamlaşiş, Örinboy Bozorboyevning mahalladagi mavjud transformatorini past kuçlanişda işlayotganligi sababli yuqori kuçlanişli transformatorga almaştiriş taklifi, Şavkat Xolmurodovning “Qoraqipçoq” aholi punktidagi qölbola simyoğoçlarni yangisiga almaştirişga yordam beriş böyiça, Saʼdulla Jumaniyozovning “Qölbergan bobo” qabristoniga ötadigan qipçoq arna köprigini taʼmirlaş haqidagi, Yalğaş Yöldoşevning 26-sonli maktab hududigaça bölgan yölni, Rajab Eşboyevning Qangli ovulidagi Madaniyat va aholi dam oliş markazini taʼmirlaş böyiça va boşqa fuqarolarning ham turli masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari atrofliça örganildi va tegişli çora-tadbirlar körildi.
Dörman ovulida bölib ötgan sayyor qabulda ham hududda istiqomat qiluvçi fuqarolarning turmuş tarzini yanada yaxşilaş hamda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga doir masalalarni aniqlaş, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiliş maqsadida aholining murojaatlari tinglanib, örganib çiqildi. Har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, masalaga daxldor boşqarmalar, taşkilot va korxonalar rahbarlari iştirokida çuqur tahlil qilgan holda bartaraf etiş çoralari körildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan inson huquqlarining buzilişi holatlari va boşqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar öz joyida hal etilib, murojaatçining talabi qondirildi. Maʼlum muddat, yaʼni atrofliça örganiş taqozo etiladigan murojaatlar böyiça tegişli mutasaddilarga topşiriqlar, murojaat egalariga huquqiy tuşunçalar berildi.
Sayyor qabulda uy-joy, kommunal xizmat körsatiş tizimi, tibbiyot, huquq-tartibot idoralari faoliyati va boşqa ijtimoiy, iqtisodiy va maişiy masalalarda qilingan murojaatlar körib çiqilib, tegişli çora-tadbirlar körildi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶