Amudaryolik paxtakorlar 32 524 tonna paxta topşirib, şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajardi!
Bugun tumanimiz qişloq xöjaligi xodimlari, fermerlarimiz, ularga xizmat körsatuvçi korxonalar mehnat jamoalari, qöyingki, butun tumanimiz ahli özgaça quvonçda. Çunki bugun Amudaryolik paxtakorlar 2018-yil hosili uçun 32 ming 524 tonna paxta yetiştirib, davlat oldidagi yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajardilar.
Albatta bunday natijaga erişiş öz-özidan bölmaydi. Qişloq xöjaligi sohasini tubdan isloh qiliş, sifatli xom-aşyo yetiştiriş va qayta işlaş böyiça qabul qilingan hujjatlar, jumladan Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom aşyosi va boşoqli don yetiştirişni moliyalaştiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori fermerlarimizning yerga bölgan, işga bölgan munosabatini tubdan özgartirdi. Mirişkor fermerlarimizning yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan tölaqonli va samarali foydalanişi, tunu kun qilgan fidoyi mehnatlari öz natijasini körsatdi.
Dehqonçilik – maşaqqatli iş. Har qanday ekinni ekişda albatta ilm bilan yondaşiş, ilğor tajribalarni amaliyotda qöllaş, har bir fasl va va har bir kunning ob-havosini oldindan biliş, seziş va şunga qarab iş köriş lozim. Ezgu niyat bilan qişning qahratoni-yu yozning jaziramasida ham har bir tadbirni öz vaqtida sifatli bajargan dehqonning hosili albatta barakali böladi. Şu maʼnoda bugungi erişilgan ğalaba ham dehqonlarimizning, qişloq xöjaligi mutaxassislarining, sohaga xizmat körsatuvçi barça hamkor taşkilotlar mehnat jamoalarining hamjihatlikdagi xizmatlari samarasi, desak örinli böladi.
Joriy yilda mavjud 510 ta fermer xöjaliklarimizning 15 ming 550 gektar yeriga çigit ekildi, ob-havo qiyinçiliklariga qaramay tekis nihol olişga erişildi. Qişloq xöjaligi ekinlarining öz vaqtida suğorilişi möl hosilga işonçli zamin yaratadi. Joriy yilgi ğöza vegetatsiya davridagi suvning biroz tanqisligini inobatga olib, suvni tejaydigan texnologiya – 4 ta köçma egiluvçan quvurlar kompleksi olib kelinib, fermer xöjaliklariga berildi. Suğoriş işlarini öz vaqtida samarali olib boriş uçun Xitoy Xalq Pespublikasida işlab çiqarilgan 30 dona kiçik köçma dizel nasoslari yetkazib berilganligi ham öz natijasini berdi.
Bu kabi çora-tadbirlar ğöza nihollarining ortiqça çanqab qolişining va hosil nişonalari tökilişining oldini olişda muhim ahamiyatga ega böldi. Natijada kuz boşlanguniga qadar paxta maydonlarimizda hosil qiyğos oçilib, yiğim-terimga kirişildi.
Paxta yiğim-terim mavsumini yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan qisqa muddatlarda uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida tumanda tegişli çora-tadbirlar amalga oşirildi. Jumladan terim oldidan sektorlar rahbarlari tomonidan tumanimiz hududlarida aholi bilan uçraşuvlar ötkazilib, ixtiyoriylik asosida 300 ta terim otryadlari şakllantirildi.
Şunisi ahamiyatliki bu yil Amudaryo tumani paxta hosilini haşarçilarsiz terib oliş taşabbusi bilan çiqqan tumanlardan biri böldi. Tumanimizda qişloq xöjaligi sohasida köp yillardan buyon şakllangan tizim, fidoyi va mehnatkaş xalqimizning hamjihatlikda qilgan mehnatlari natijasida davlatga paxta topşiriş böyiça şartnomaviy rejani Qoraqalpoğistonda birinçi, Özbekistonda birinçilar qatori ortiği bilan uddalab, mehnat zafariga erişildi. Buning uçun barça yurtdoşlarimizga çuqur minnatdorçiligimni bildiraman.
Bu yilgi bunyod etilgan xirmon nafaqat fermer xöjaliklari daromadining oşişi balki tumanimiz aholisi hayotining farovonligi va turmuş darajasining yanada yaxşilanişi uçun ham katta ahmiyatga ega böldi. Çunki joriy yilda paxtaning xarid narxining oşirilgani, terim uçun ötgan yillarga soliştirilganda deyarli ikki barobardan ortiq haq tölgangani fermerlar va haşarçilarning moddiy manfaatdorligini oşirişda muhim omil böldi. Şuningdek, bu omil vaqtinça işsiz yurtdoşlarimizning yiğim-terimda iştirok etib, oilasiga qöşimça daromad keltiriş vositasi ham böldi.
Paxta terimi mavsumida terimçilar uçun şart-şaroitlarning yaratilgani, jumladan dala boşida issiq ovqat va çoy taşkil etilgani, ilğor terimçilar doimiy ravişda rağbatlantirilib borilgani, madaniy-maʼrifiy tadbirlarning ötkazilişi, terim pullarining öz vaqtida kunlik hisob-kitob qilib borilgani paxtakorlarga yanada kuç bağişladi. Şu kungaça tumanimiz böyiça jami 24 mlrd. sömdan ziyod naqd pul terim haqi sifatida tarqatildi. Jami yiğib-terib olingan 32 ming tonnadan ortiq paxtaning asosiy qismi birinçi navga topşirilgani esa fermerlarimizning yuqori daromad olişini taʼminlaydi.
Fursatdan foydalanib barça qişloq xöjaligi xodimlarini, dehqon va fermerlarimizni, haşarçi va yordamçilarni, paxta yiğim-terimiga özining hissasini qöşgan barça yurtdoşlarimizni erişilgan mehnat zafari bilan çin qalbimdan tabriklayman va özimning samimiy taşukkurimni bildiraman. Maşaqqatli mehnatingizning rohatini köriş baxti Sizga nasib etsin, aziz yurtdoşlar!
Sultonboy YÖLDAŞEV, Amudaryo tumani hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶