YuRT TINCh – KOʻNGIL TINCh!
Har qanday davlatning rivojlanishi uchun tinchlik va osoyishtalik zarurdir. Tinch-osoyishta yurt fuqarolarigina ertagi kuniga ishonch bilan yashaydi, yaratish, Vatanni yana ham obod etish orzusida mehnat qiladi. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, yurtimiz sarhadlarini ishonchli qoʻriqlab turgan chegarachilarimizning oʻz harbiy burchiga sadoqat bilan xizmat qilayotganliklari har qancha eʼtiroflarga sazovordir. Axir yurt tinch – koʻngil tinch.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli harbiy xizmatchilarning turmush sharoitlari tobora yaxshilanmoqda, muddatli harbiy xizmatini oʻtayotgan askarlarning jangovor qobiliyati yuksalmoqda, harbiy qismlarda oʻtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga xizmat qilmoqda.
Shu yilning 15-oktyabrida tumanimizda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining “9202 - D” harbiy qismida ham xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatini oʻtayotgan askarlar uchun madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilib, koʻngilli dam olishlari taʼminlandi.
Tadbirga harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ham taklif etildi.
Koʻngilochar tadbirga “Dunyo boʻylab” telekanali muxbiri Sherzod Jumayev, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Mirzagul Safoyeva, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuman boʻlimi boshligʻi Mahmud Safarboyevlar ishtirok etdilar.
Harbiylar uchun maxsus tayyorlangan kontsert dasturi namoyishi barcha ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Yurtimiz sarhadlari daxlsizligini ishonchli himoya qilishdek sharafli vazifani ado etayotgan fidoyilar madaniy-maʼrifiy tadbirdan ulkan taassurotlar oldilar, oʻzlariga berilayotgan eʼtibor uchun minnatdor boʻldilar.


O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶