14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 04:47
Siyosat 👁 963

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

12-fevral kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Kengash deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyalari sadolari ostida ochildi. Majlisga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Alisher Yoʻldashev raislik qildi. Sessiya kotibligiga “24-Qangli” saylov okrugidan deputat Dilnoza Otabayeva nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish hamda norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada samarali tashkil etishga qaratildi.

Sessiyada dastlab tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi. Hisobotda tumanda “Yangi Oʻzbekiston” koʻrinishidagi mahallalarni shakllantirish, aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududlarni barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 298-son qaroriga muvofiq Amudaryo tumanida 3 ta hudud — Kuyuk koʻpir va Qilichboy ovullari hamda Qipchoq shaharchasi tanlab olingan. Mazkur hududlarda shahar muhiti va zamonaviy yashash sharoitlarini joriy etish maqsadida respublika byudjetidan 10 mlrd soʻm, mahalliy byudjetdan 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida mazkur mahallalarda ichki yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, ijtimoiy soha obʼektlarini tartibga keltirish kabi qator tizimli chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida tumandagi 7 ta ogʻir toifadagi hudud — Oʻzbekiston, Qum yop, Qoramon, Yuqori qishloq, Jumurovul mahallalari, Nazarxon ovuli va Jumurtov shaharchasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu hududlarda tomorqalarni suv bilan taʼminlash, elektr taʼminotini yaxshilash, ichki yoʻllarni asfalt va shagʻallashtirish orqali infratuzilmani mustahkamlash koʻzda tutilgan. Mazkur maqsadlar uchun respublika byudjetidan 14 mlrd soʻm va mahalliy byudjetdan 7 mlrd soʻm mablagʻ ajratish boʻyicha taklif ilgari surildi.

Sessiyada 2025-yil davomida tuman mahalliy byudjetining ijrosi ham koʻrib chiqildi. Hisobotda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, ijtimoiy soha obʼektlarini moliyalashtirish, infratuzilma loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan xarajatlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Adliya boʻlimining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻyicha bosh maslahatchisi Suhrob Haytboyev hisobot berdi.

Qayd etilishicha, 2025-yil davomida boʻlimga jami 142 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 139 tasi ariza va 3 tasi shikoyatni tashkil etgan. Kelib tushgan murojaatlarning 141 tasi koʻrib chiqilib, 40 tasi qanoatlantirilgan, 101 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, yil davomida 142 nafar fuqaro bevosita shaxsiy qabulda qabul qilinib, ularning murojaatlari belgilangan tartibda hal etilgan.

Hisobotda tumanda norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini izchil yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilgan targʻibot ishlari ham alohida taʼkidlandi.

Sessiyada mahallalar kesimida oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Ruslan Narimbetov hisobot berdi. Hisobotda aholini doimiy ish bilan taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish orqali daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumot berildi.

Axborotda taʼkidlanganidek, 2026-yilda tumanda kambagʻallik darajasini 3,2 foizgacha va ishsizlik darajasini 4,7 foizgacha pasaytirish, 4 887 nafar aholini doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish hamda 16 ming 500 nafar aholi daromadini oshirish, 1 472 ta kambagʻal oilalarda yashovchi 6,5 ming nafar aholini ularning daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish, shuningdek, kambagʻallik va ishsizlikdan xoli mahallalar sonini 3 taga yetkazish maqsad qilingan. Bundan tashqari, joriy yil davomida 5 039 nafar norasmiy ish oʻrinlarini legallashtirish va 701 nafar mutaxassisni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish reja qilingan.

Sessiyada Amudaryo tumanida sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish boʻyicha loyiha kontseptsiyasini kelishish masalasi ham koʻrib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Shuhrat Jumaniyazov hisobot berdi.

Hisobotga koʻra, 2024-yilda tumanda 4 589 nafar, 2025-yilda esa 4 244 nafar chaqaloq tugʻilgan.

2025-yilda jami 887 nafar fuqaro vafot etgan. Shundan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 92 nafarni tashkil etgan. 2025-yil davomida 1 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 70 nafarni tashkil etib, har 1000 tirik tugʻilgan chaqaloqqa nisbatan intensiv koʻrsatkich 16,5 ni tashkil qilgan.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar tumanni kompleks rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligi va farovonligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohalarda samaradorlikni taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019