Giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurash oyligiga bagʻishlangan tadbir
Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida “2018-yil, sentyabr oyi – giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan “Giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida tadbir oʻtkazilib, unda kollej rahbarlari, oʻqituvchilari, oʻquvchilari, guruhlar rahbarlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda kollej direktori B.Qadirov soʻzga chiqib, kun tartibidagi masalaga keng toʻxtaldi. U oʻz soʻzida voyaga yetmagan yoshlar orasida huquqbuzarlikning va giyohvandlikka ruju qoʻyish holatlarining oldini olish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik haqidagi fikrlarini bildirdi.
Shundan soʻng kollej direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari U.Jumanov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning ilm-maʼrifatli, barkamol inson boʻlib voyaga yetishlariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani haqida gapirib, bu imkoniyatlardan toʻla-toʻkis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidoyi shaxs boʻlish har bir yoshning burchi ekanligini, buning uchun esa, ular avvalo fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, shuningdek, xalqimiz tomonidan mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mehribon, doʻstlarga sadoqatli, vatanparvar boʻlish kabi eʼzozlanib kelinayotgan qadritlarga sodiq boʻlishlari lozim ekanligi haqida gapirdi.
Tadbirda Qilichboy OFY profilaktika inspektorlari M.Maxmudov va A.Yuldashevlar, Qilichboy OFY mahalla posboni O.Rahimovlar ham kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar, kollej oʻquvchilarining barcha savollariga javob berdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶