17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 13:45
Fan va taʼlim 👁 807

Obod qishloqning obod maktabi

Obod qishloqning obod maktabi

Hozirgi kunda mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar qisqa fursat ichidayoq oʻzining natijalarini bermoqda. Biz bularni umumtaʼlim maktablari binolarining kapital taʼmirlanib, jihozlanib, tubdan yangilanayotganidan, oʻquvchilar ixtiyoriga yorugʻ, shinam sinf xonalari berilayotganidan va nihoyat taʼlim-tarbiya ishlarining yangi bosqichga koʻtarilayotganidan yaqqol koʻrib turibmiz.

“Obod qishloq” dasturi asosida chiroy ochayotgan Qipchoq shaharchasi hududida joylashgan 11-sonli maktab ham ana shunday taʼlim maskanlari sirasiga kiradi.

Bu maktab joriy yilning may-avgust oylarida tumandagi “Qurilish taʼmir” MChJ tomonidan taʼmirlanib, tomi shiferlandi, deraza oynalari alyuminiydan ishlangan zamonaviy romlarga oʻzgartirildi.

Salkam bir milliard soʻmlik taʼmirlash ishlari bajarilgach, ushbu maktab qiyofasi tubdan oʻzgarib, bu yerda taʼlim oladigan oʻquvchilarga ham, mehnat qiladigan oʻqituvchi-ustozlarga ham bir qancha qulayliklar yaratildi.

Ayni kunda 626-oʻrinli ushbu maktabda 900 nafardan ziyod oʻquvchilar taʼlim olishmoqda. Ularning chuqur bilim olishlarida jon kuydirayotgan 84 nafar muallimlarning barchasi ham oʻz kasblarini sevgan, jonkuyar insonlar hisoblanishadi.

Oʻtgan oʻquv yili bu maktab oʻqituvchilari uchun ham, barcha oʻquvchilar uchun ham quvonchli voqealarga boy boʻldi. Chunki bu davrda maktabning 9-sinf oʻquvchisi Shohnura Soatboyeva va 10-sinf oʻquvchisi Malohat Madaminovalar fanlar olimpiadasida huquq fani boʻyicha ishtirok qilishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha faxrli 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar.

Maktab oʻquvchilari “Umid nihollari” sport musobaqalarida sportning yengil atletika, voleybol va basketbol turlari boʻyicha ham faol ishtirok etishib, yaxshi natijalarni qoʻlga kiritdilar.

Shuningdek, maktab oʻqituvchilari ham sport musobaqalarida va turli yoʻnalishlardagi tanlovlarda faol ishtirok qildilar. Ayniqsa, maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Munira Kamolova va kimyo fani oʻqituvchisi Sohiba Jumaniyozovalarning “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari jamoaga obroʻ keltirdi.

– Biz bu oʻquv yilini ham barcha yoʻnalishlar boʻyicha puxta tayyorgarliklar bilan boshladik, – deydi maktab direktori Zulfiya Yusupova. – Oʻtgan oʻquv yilidagi yutuqlarimizni yanada mustahkamlashga harakat qilamiz va maktabimizni tumanimizning eng namunali taʼlim maskanlaridan biriga aylantiramiz. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning soha xodimlariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari bizning kuchimizga kuch, gʻayratimizga gʻayrat qoʻshmoqda.

Ha, haqiqatan ham maktab direktori Zulfiya Yusupova aytganlaridek, maktabda taʼlim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda.

Biz fursatdan foydalanib, maktabning jonkuyar oʻqituvchilarini, aziz murabbiylarni kasb bayramlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Allambergan JUMANIYoZOV.

Suratda: 11-sonli maktab direktori Zulfiya Yusupova oʻquvchilar davrasida.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026