NILUFAR NAVOIY ASARLARINING ENG BILIMDONI EKANLIGINI NAMOYIŞ ETDI
Yoşlar örtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş, yoşlarni uluğ mutafakkir şoir, söz mulining sultoni Alişer Navoiy hayoti va ijodini çuqur örganişga rağbatlantiriş, asarlarining mazmun-mohiyatini, milliy maʼnaviyatimizning rivojida tutgan örnini teran anglaşlariga erişiş maqsadida Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi respublika Kengaşi umumtaʼlim maktablari öquvçilari orasida “Navoiy vorislari” respublika tanlovini ötkazişni rejalaştirgan edi.
Yaqinda ana şu tanlovning tuman bosqiçini ÖzMTDP tuman Kengaşi hamkor taşkilotlar iştirokida yuksak saviyada ötkazdi.
Tanlovda iştirokçilar eng köp Navoiy ğazallarini yod biliş, ğazallarini bexato va ifodali öqiş, ğazal matnining nasriy bayonini yarata oliş, ğazal matnidagi tuşuniş qiyin bölgan sözlarni izohlab bera oliş böyiça özaro bellaşdilar.
Hakamlar hayʼati öquvçilarning bu boradagi bilimlarini odilona baholab bordilar. Natijalarga köra, 18-sonli maktab öquvçisi Nilufar Turkmanboyeva tanlov ğolibi deb topildi. Ikkinçi örinni 29-sonlimaktab öquvçisi Mahliyo Jumaboyeva, uçinçi örinni esa Dinora Şavkatova egalladi.
Ğolib öquvçi Nilufar Turkmanboyeva uşbu tanlovning Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Tanlov yoşlarga Alişer Navoiyning maʼnaviy mulkimizga aylangan benazir ijodiy merosini örganişga tarğib etgani, bu borada eng bilimdon öquvçilarni rağbatlantirgani bilan ahamiyatli böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶