18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:20
Jamiyat 👁 1,838

BOShLANGʻICh XOTIN-QIZLAR TAShKILOTI – MUHIM IJTIMOIY TUZILMA

BOShLANGʻICh XOTIN-QIZLAR TAShKILOTI –  MUHIM IJTIMOIY  TUZILMA

Shu kunlarda xotin-qizlar qoʻmitalarining boshlangʻich tashkilotlarida umumiy yigʻilishlar oʻtkazilib, hisobot va saylovlar boʻlib oʻtmoqda. Mazkur yigʻilishlarda xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, oila munosabatlarini takomillashtirish, taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish, uyushmagan xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha yechimini kutayotgan muammolarni joylariga chiqib hal etish, diniy ekchtremizm va giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha madaniy-maʼrifiy targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etilmoqda.

Tumanimizdagi tayanch umumtaʼlim maktabi hisoblangan 40-sonli maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotining umumiy yigʻilishida ham yuqoridagi kabi qamrovi keng masalalar qizgʻin muhokama etildi.

Avvalo, boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi Sayyora Tilavova Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonlaridan kelib chiqadigan vazifalar va bu Farmonlarning amaliy-ijrosini taʼminlash boʻyicha tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot maʼruzasi qildi.

– Maktabimizda 79 nafar ayol-qiz oʻqituvchilar yoshlarga taʼlim-tarbiya berishadi, – dedi u oʻz hisobot maʼruzasida. – Demak, tashkilotimiz zimmasida 79 nafar ayol-qizlarimizning sogʻligi, oʻz ish faoliyatini xotirjam ado etishi, ishdan va hayotdan, eng muhimi, davlatimizdan rozi va mamnun yashashnini taʼminlashga koʻmaklashishdek masʼuliyatli vazifa turibdi. Bu vazifani kim ado etishi kerak? Albatta, biz – hammamiz – pedagog-ayollar.

Hisobotdan ayonki, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning qamrovi keng. 1245 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladigan maktabda oʻtkaziladigan maʼdaniy-maʼrifiy tadbirlarning barchasida ayol-qizlar faol. 615 nafar oʻquvchi qiz bolalarning yurish-turishi, oʻqishi, jamoat joylarida oʻzini tutishi qatʼiy nazoratgi olingan.

– Qiz bola – boʻlgʻusi ona, xonadon bekasi, – oʻz fikrini izhor etdi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sayyora Jumamurodova. – Shuning uchun maktabimizda oʻquvchi-qizlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berilmoqda. “Qizlarjon” klubi doimiy harakatda, “Orasta qizlar” toʻgaragi, turli fan toʻgaraklari aʼzolari juda faol. Ular orasida shoira qizlar, bilimlar bellashuvi, fanlar olimpiadalari gʻoliblari bor.

Tashkilotning faol aʼzolari boʻlgan ayol-qizlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Har yili oʻz sogʻligini tiklash, maroqli dam olish istagida boʻlgan ayollar uchun boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti mamlakatimizning xushmanzara sihatgohlariga yoʻllanmalar olishlarida yaqindan yordam berib kelmoqda. Boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti bilan mustahkam aloqa oʻrnatilgan. Pensioner va xomilador, yosh bolali ayollar uchun ham alohida imtiyozlar belgilangan. Yaʼni bunday ayol-qizlar navbatchilikka jalb etilmaydi.

Maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotining oʻz haftalik va oylik rejaviy tadbirlari bor. Unga koʻra, ota-onalar komissiyasi, boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti, yoshlar tashkiloti hamda “Kamalak” bolalar tashkilotlari bilan, shuningdek, maktab – mahalla – oila hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga loyiq.

Yigʻilishida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi boshqaruv Kengashi aʼzosi, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva ishtirok etdi va maktab boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti tomonidan olib borilayotgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar, ayniqsa, oʻquvchi-qizlarning odob-axloqi, urf-odat va anʼanalar boʻyicha, xususan, ommaviy madaniyatning baʼzi koʻrinishlari oʻquvchi-qizlar orasida ham kuzatilayotgani, kiyinish madaniyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yigʻilishda boshlangʻich tashkilot Kengashi aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahriridagi Nizomi loyihasi yuzasidan takliflar ham koʻrib chiqildi. Shuningdek, boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotining raisi tuman xotin-qizlar qoʻmitasi konferentsiyaga delegat ham saylandi.

Yigʻilish yakunida koʻrilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

(Maxsus muxbirimizdan)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026