IShONCh – YuTUQLARNI MUSTAHKAMLAMOQDA
Ayni kunda Amudaryo tumani fermerlari barcha diqqat-eʼtiborlarini suvdan, mahalliy va mineral oʻgʻitlardan oqilona foylangan holda paxta hosildorligini oshirishga qaratmoqdalar.
Tumanning “Kuyuk-koʻpir” ovulidagi “Oʻzbekiston” mahallasida faoliyat koʻrsatayotgan “Adamov Rahmon” fermer xoʻjaligida ham asosiy ekin paxta hisoblanib, uning parvarishiga alohida eʼtibor beriladi. Bu yil 41 gektar paxta maydonidan 85 tonna hosil olishga bel bogʻlangan xoʻjalik dehqonlari shu kungacha gʻoʻza qator oralariga ikki marta ishlov berishga muvaffaq boʻldilar. Ayni kunda xoʻjalik dalalarida gʻoʻzalarni sugʻorish va oziqlantirish ishlari sifatli olib borilayapti.
Fermer xoʻjaligida 13 nafar tajribali pudratchi faoliyat koʻrsatadi. Ularning fidokorona mehnatlari natijasida har bir tup gʻazada moʻl hosil nishonalari – boʻliq koʻsaklar soni koʻpaymoqda.
Pudratchilarimizdan Zulayho Yesamurodova, Manzura Yeshimbetova va Oltinoy Sobirovalar gʻoʻza parvarishida boshqalarga oʻrnak boʻlishayapti, – deydi fermer xoʻjaligi raisi Gulmirza Adamov. – Ularning tajribali paxtakor ekanliklari gʻoʻza parvarishining barcha jabhalarida yaqqol sezilib turadi. Men ularga juda ishonaman.
“Adamov Rahmon” fermer xoʻjaligi rahbari Gulmirza Adamov hamisha oʻz hamkorlariga ishonganligi va ular bilan bamaslahat ish koʻrayotganligi natijasida yuksak marralarni egallab kelayotir.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶