“ENG NAMUNALI TOMORQA YeR EGASI” TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
Tumanimiz aholisining xonadonlari tomorqa yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorva mollarini parvarishlash orqali yer egalarining qoʻshimcha daromad manbalarini kengaytirish, kundalik ehtiyoj uchun zarur boʻladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tomorqalarida yetishtirish, undan isteʼmol, ichki va tashqi bozorga sotish yoki qayta ishlashga topshirish evaziga katta daromad olishga erishayotganlarni aniqlash, yerdan foydalanish madaniyatini toʻlaqonli shakllantirish, namunali tomorqa yer egalari safini kengaytirish, har bir mahallada tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha yuqori natijalarga erishish maqsadida “Eng namunali tomorqa yer egasi” koʻrik-tanlovi eʼlon qilingan edi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi, tuman Fermerlar Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning mahallalararo bosqichida tumandagi barcha fuqarolar yigʻinlaridan 294 nafar tomorqa yer egalari qatnashib, 108 nafari ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishgan, sektorlararo oʻtkazilgan ikkinchi bosqichda esa 108 nafar ishtirokchilardan 36 nafar tomorqa yer egalari tuman bosqichiga yoʻllanma olishgan edi.
Shu yilning 25-avgustida Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosida “Tomorqa – qoʻshimcha daromad manbai” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi va gʻoliblar aniqlandi. Oʻzlarining tomorqa yerlaridan unumli foydalanib, koʻp qirrali faoliyat olib borib, yuqori daromad olishga erishgan 9 nafar tomorqa yer egalari gʻolib boʻlishdi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶