OʻZGARIShLAR, YaNGILANIShLARDAN BARChANING KOʻNGLI YuKSALMOQDA
Bugungi kundagi yurtimizdagi oʻzgarishlar, yangilanishlar hech kimni befarq qoldirmaydi. Bularning turmushimizdagi afzalliklarini, qulayliklarini har birimiz oʻz hayotimizda his qilayapmiz.
Birgina bizning Oybek nomli mahallamiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, qancha-qancha ichki yoʻllar taʼmirlandi. Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yaxshilash maqsadida Qipchoq koʻchasi boʻylab oʻtgan magistral suv quvurining mahalla hududidan oʻtgan joylari rekonstruktsiya qilindi, aholiga savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari koʻpaydi.
Ayniqsa, Gulzor va Oybek nomli mahallalarni ikkiga boʻlib turgan “Qipchoq – Mangʻit – Turkmaniston chegarasi” avtomobil yoʻlining 15 metr kenglikda toʻla taʼmirdan chiqarilib, yoʻl atroflariga yoritgichlar qoʻyilgani, tun qorongʻusida ham atrof yorugʻ boʻlib turgani odamlarimizning koʻnglini ham yoritib yuborgandek boʻldi.
Qisqa muddatlarda faqatgina bizning mahallamizda amalga oshirilgan buningdek yangilanishlar mahalladoshlarimizning yashashga, ezgu ishlar qilishga ishtiyoqini oshirmoqda.
Ayni kunlarda mahallamizda bizni ana shunday dorilomon kunlarga yetkazgan mustaqilligimizning 27 yilligini munosib nishonlashga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda.
Tumanimizning barcha aholisini istiqlolimizning 27 yilligi bilan qutlayman.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶