Töylarning avvalgi fayzi yana qaytsa...
Bolalik şunday beğubor davrki, hamma voqealar, hodisalar xuddi möʼjizadek tuyuladi. Salga köngil osmon qadar yuksalsa, salgina köngilsizlik vujudingizni larzaga soladi.
Inson bolalikdan qançalik uzoqlaşsa, şunçalik bu xotiralar totli tuyulaveradi.
Manğit şahrining Göna qalʼasi hududidagi köçalardan yursam, har gal bolalik xotiralarim esimga tuşaveradi. U paytlarda televizor tugul radio ham sanoqligina oilalarda bor edi. Biz bolalar töylardagina qöşiq tinglab, tomoşa körar, keyinçalik buni köp vaqtlargaça esimizdan çiqarmay, töy bilan boğliq xotiralarimizni bir-birimizga aytişib yurardik. U paytlarda Manğit hozirgidan ança kiçkina, xonadonlarning barçasining ham qurli, tomoşali töy beraverişga qurbi yetmas, xullas, u töydan bu töyga soğinib, kutib, yetar edik.
Biz bolalarning u paytlarda öğil uylantiriş yo sunnat töy bölsa, qanday töy bölişiga qarab, öynaladigan öyinlarimiz bölar edi. Masalan, qiz uzatilib ketayotgan yo kelin kelayotgan bölsa, ön-ön beş çoğli bolalar yiğilib, kelin mingan maşina oldiga xoda tutib, yöl bermay turiş, yölni oçing, deya yangalarning qatlama, patir, şirinliklar ulaşib yalinişlari, keyin çetga çiqib, yangalarning bergan neʼmatlarini talaşib-tortişib ulaşişlar, sunnat töylarda sunnat qilinadigan bolalarni yaşirib qöyib, qayerdaligini aytmay qoçişlarimiz, töy egasining jörangizni topib bersangiz - şu sizlarniki, deb birlik pulni körsatgaç, pulni olib, sunnat qilinadigan bolani göyoki topolmayotgandek, boşqa yerlardan izlab, kattalarni sarson qilişlarimiz biz uçun juda zavqli bölar edi.
Şularni öylab ötirib, hozir bir narsaga özim ajablanaman: eşigiga töyga aytuvçi kelsa ham quvonadiganlar kamayib ketayapti. Qolaversa, hozir deyarli aytuvçi kelmaydiyam, qöl telefoni bor, telefonda aytiladi. Kimning töyiga borsangiz ham öşa xonanda, öşa boşlovçi, har kuni aytiladigan gaplar ham öşa-öşa.
Ehtimol, şuning uçun ham kun sayin töylar zerikarli, taʼsirsiz bölib borayotgandir? Ortiqça sarf-xarajatlar, spirtli içimliklar ham töy fayzini ketkazayotgandek.
Töylarni, marosimlarni, oilaviy tantanalarni ixçam, dabdabasiz ötkaziş borasida bildirilayotgan fikrlar töylarga yangiça maʼnomazmun baxş etişiga köngilda umid uyğotadi. Qolaversa, bu barçaga birday boğliq, şunday emasmi?..
Yöldoş BOLTABOYeV, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶