16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:27
Jamiyat 👁 316

MEHNAT FRONTI FAXRIYLARI – YuRTIMIZ FAYZI

MEHNAT FRONTI FAXRIYLARI – YuRTIMIZ FAYZI

Tinchliksevar oʻzbek xalqi 1941-1945-yillar oraligʻida davom etgan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaga munosib hissa qoʻshdi. Ularning koʻrsatgan fidoyiliklari, jasorati va mardligi biz uchun hamisha ibrat maktabidir. Shu boisdan ham Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalaba rasman eʼlon qilingan, nemis bosqinchilar tor-mor etilgan kun – 9-may sanasi yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng miqyosda bayram qilinadi.

Mazkur urushda tumanimizning ham alp oʻgʻlonlari yurt tinchligi, ozodligi yoʻlida jon olib-jon berib, dushmanga qarshi kurashganlar. Necha minglab odamlar front orqasida frontdagilarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yarogʻ bilan taʼminlab turish uchun fidokorona mehnat qilib, gʻalabaga munosib hissa qoʻshdilar.

Hozir tumanimizda urush yillarida front orqasida mehnat qilgan 109 nafar yurt fidoyilari istiqomat qilishadi.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaga 75-yil toʻlishini ular barcha yurtdoshlarimiz qatori munosib qarshi olayaptilar, yosh avlodning ota-bobolari jasoratiga munosib, bugungi tinch-osoyishta hayotni asrashga qodir boʻlib voyaga yetishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Mehnat fronti faxriylari yurtdoshlarimiz va davlatimizning hurmat-eʼtiborida, ardogʻidadir. Ularning sogʻliqlari muntazam nazorat qilinib, zarur hollarda tibbiy yordam koʻrsatilayotir. Shuningdek yoshga doir pensiyalariga har oyda qoʻshimcha kompensatsiya puli qoʻshib berilmoqda. Yiliga bir marta sogʻliklarini tiklashlari uchun sihatgohlarga imtiyozli yoʻllanma beriladi. Toshkent shahriga temir yoʻl va aviaqatnovlar chiptalarini olishlari uchun 50 foizlik chegirma mavjud. Front orqasida frontdagi askarlarga togʻday sulyanchiq boʻlib, qurol-yarogʻ ishlab chiqarish korxonalarida, turli zavod-fabrikalarda va qishloq xoʻjaligi sohasida tun-u kun halovat bilmay ishlagan tumanimiz mehnat fronti faxriylarini turli korxona-tashkilotlar otaliqqa olib, doimo holidan xabar olib turadilar. Ularga ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari masʼullari qutlugʻ sanalarda, bayramlarda yoʻqlab, sovgʻa-salomlar topshiradilar. Duolarini oladilar, zahmatli hayot yoʻli haqidagi  xotiralarini tinglaydilar.

Davr yelkasiga yurt ozodligi uchun kurashishdek masʼuliyatli vazifani yuklagan fidoyilarning barchasi hozir nuroniy yoshda. Bu tabarruk insonlar yurtimiz fayzi, farishtalaridir.

Bugungiday baxtiyor, obod, toʻkin zamonga yetganlariga tinimsiz shukrona aytib, qoʻllari duoda, yurtimizga tinchlik, osoyishtalik tilab oʻtirgan nuroniylarimizni har qancha ardoqlasak, kamlik qiladi.

Ularni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi bilan qizgʻin qutlaymiz va bugungiday saodatli, ozod va farovon turmush zavqini surib, uzoq umr koʻrishlarini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - qashqadaryogz.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026