KENG VA RAVON YÖLLAR YuRTIMIZ FAYZI
Bugun yurtimizning qay bir hududiga bormang, ulkan bunyodkorlik işlariga guvoh bölasiz. Ayniqsa, yölsozlar hamda quruvçilarning qöli-qöliga tegmaydi.
Joriy yil mobaynida tumanimizda 100 mlrd. sömlik mablağ evaziga jami 74ta obʼektda quriliş-taʼmirlaş işlari olib borildi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentyabr kungi Farmoyişiga asosan tumanda iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat korxonalari, xizmat körsatiş obʼektlari, köp qavatli turar joylar va ijtimoiy soha obʼektlarni kuz-qiş davrida energiya resurslari bilan barqaror taʼminlaş maqsadida bir qator işlar amalga oşirildi.
Prezidentimizning 2023-yil 10-aprel kungi Qaroriga asosan Davlat xususiy şerikçilik şartlari doirasida tuman hududidagi jami 125ta ijtimoiy soha obʼektlarni isitiş böyiça pudratçi taşkilot “JKB ENERGY GRUP” MÇJ tomonidan bitim imzolangan bölib, uşbu dastur doirasida 26ta obʼektlarning qozonxonalari yangidan qurildi hamda 89ta yangi qozonlarni örnatiş işlari olib borildi. Şuningdek, uşbu obʼektlarni kömir mahsulotlari bilan taʼminlaş maqsadida 3 ming 301 tonna kömir mahsuloti yetkazib berildi.
Bundan taşqari, byudjet mablağlari hisobidan taʼlim muassasalari, soğliqni saqlaş obʼektlari hamda madaniyat markazlariga jami 4 ming 717 tonna kömir mahsulotlari yetkazib berildi.
Tumanimizning mehnatkaş fermerlari tomonidan homiylik mablağlari hisobidan 21ta isitiş peçlari maktabgaça va maktab taʼlimi obʼektlariga örnatib berildi.
Tumanimiz hududidagi aholi xonadonlarini hamda ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qiş mavsumida energiya resurslari bilan muntazam taʼminlaş böyiça ham bir qator işlar olib borildi.
Xususan, elektr taʼminotini yaxşilaş böyiça 154ta trasformator punktlarini, 148 km. uzunlikdagi havo tarmoqlarini taʼmirlaş, 13ta transformator punktlarini yangidan örnatiş hamda 33 km. uzunlikdagi SIP kabellarini tortiş işlari olib borildi.
Prezidentimizning 2021-yil 19-iyun kungi qaroriga asosan tuman hududidagi 9ta köp qavatli turar-joylarning kiriş yölaklarini taʼmirlaş va elektr taqsimlovçi şitlarni hamda fasad qismini taʼmirlaş, kodli qulf, temir eşiklarni örnatiş işlari olib borildi.
Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabr kungi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga asosan tumanimizda mavjud muammolarni bartafar etiş va infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida 26 mlrd. 623,1 mln. söm evaziga jami 27ta obʼektda quriliş işlari olib borilmoqda.
Uşbu qarorga muvofiq tumanimizda umumiy qiymati 12 mlrd. 303 mln. sömlik 60,4 km. uzunlikdagi içki yöllarni taʼmirlaş, şundan 56,4 km. uzunlikdagi yöllarga toş-şağal yotqiziş işlari amalga oşirildi.
Şuningdek, Namuna va Qumyop mahallalarida suv inşootlarini rekonstruktsiya qiliş, Xizr eli, Yuqori qişloq mahallalarining maʼmuriy binolari mavjud bölmaganligi sababli, uşbu mahallalarga yangidan mahalla kompleksi binolarini quriş işlari yakunlandi.
Döstlik mahallasi hududida jami qiymati 334,3 mln. sömlik universal bolalar sport maydonçasi yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi.
Raşid Abdullayev,
tuman hokimligining sanoat, yirik quriliş, kommunikatsiya, kommunal xöjaligi va
obodonlaştiriş masalalari böyiça majmuasi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶