ODAM SAVDOSIGI QARShI KURAShNI KUChAYTIRISh – BUGUNGI KUNNING DOLZARB VAZIFASI
12-iyul kuni Xitoy ovul fuqarolar yigʻinida ovul faollari, koʻcha boshchilari va imom-xatiblari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda odam savdosi va uning oldini olish masalasi muhokama etildi.
Yigʻilishda IIB uchastka profilaktika noziri Madad Matyusupov soʻzga chiqib, odam savdosi va uning oqibatlari haqida gapirdi.
Shundan keyin ovul faollaridan Sh.Matyoqubov va A.Allambergenovlar soʻzga chiqishib, chet mamlakatlarga chiqib ishlashni niyat qilgan yoshlar oʻrtasida ularning nimalardan ehtiyot boʻlishlari lozimligi haqida tushuntirish ishlarini olib borish zarurligi haqida gapirdilar.
Yigʻilishda odam savdosiga qarshi kurashishni kuchaytirish, bu boradagi noxush xodislarning oldini olish maqsadida yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶