SARIŞTALI VA FARIŞTALI XONADONLAR KÖPAYaVERSIN

Xonadonlarni ozoda, saranjom-sarişta saqlaş, oila aʼzolarini soğlom turmuş tarzini yaratişga moyil qilib tarbiyalaş ham xalqimiz uçun bobomeros oila qadriyatlaridan hisoblanadi. Çunki qayerdaki soğlom turmuş tarzi qaror topar ekan, öşa manzil obod va körkam qiyofa kasb etadi. Xonadonlardagi saranjom-sariştalik har bir inson hayotiga gözallik baxş etadi.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati qoşidagi “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatining “Salomatlik – tuman boylik” loyihasi doirasida tumanimizdagi fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlikda taşkil qilingan “Sariştali uy – fariştali uy” körik-tanlovidan közlangan maqsad ham avvalo xalqimizning öz xonadonlarida saranjom-sarişta va ozoda turmuş muhitini yaratişdek oila qadriyatlariga neçoğlik ahamiyat berayotganlarini örganiş, şu barobarida öz oilaviy tutumlari, orastaliklari bilan boşqalarga ibrat bölayotgan xonadonlar sohiblari va bekalarining oilaviy hayot tajribalarini ommaga maʼlum qilişdan iborat.
“Sariştali uy – fariştali uy” körik-tanlovi dastlab ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlarida ötkazilib, ovul va mahallalardagi ozoda va sarişta xonadonlar aniqlanib, ğolib xonadonlar, keyingi bosqiçda iştirok etiş imkonini qölga kiritdilar. Joriy yilning 3-iyul kuni tumanimizning Qipçoq hududidagi A.Temur nomli, “Çoyköl”, “Qipçoq”, “Qangli” OFYlari hamda “Uyşin”, “Daryo böyi” mahallalarida ğoliblikni egallagan xonadonlar orasidan eng sarişta, eng ozoda va orasta xonadonni aniqlaş böyiça “Taraqqiyot közgusi” gazetasi, AmuTV tahririyati, “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyati hamda tuman DSENM xodimlaridan iborat işçi guruh öz xulosalarini maʼlum qildi. Unga köra, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Xalilla Yunusov xonadoni körik-tanlovning barça talablariga javob beradigan “Sariştali uy – fariştali uy” sifatida tan olindi va xonadon bekasi Gulçehra Matqurbonovaga taşkilotçilar tomonidan çangyutgiç sovğa qilindi.
Ğolib xonadonni aniqlaşda bir jihatga alohida eʼtibor berdik, - deydi körik-tanlovning işçi guruhi aʼzosi, tuman DSENM şifokori Xursand Ibragimov. – Oddiy, mehnatkaş, tomorqa xöjaligi obod bölgan xonadonda madaniy-maişiy şaroitning mavjudligi asosiy diqqat markazimizda böldi. Mahallalardagi xonadonlarni kuzatiş jarayonida şunday holatlar ham böldiki, yaşaş joyi - asosiy uy şohona lekin molxona, hojatxona va boşqa maişiy xonalarga eʼtibor berilmagan. Tomorqalar qarovsiz. Xalilla Yunusovlar oilasida esa hamma narsa joyida, haqiqiy orasta, fariştali xonadon. Oila aʼzolari fidoyi, mehnatkaş.
“Sariştali uy – fariştali uy körik-tanlovi tumanimizning barça ovul va mahallalarida davom etmoqda. Istaymiz, tumanimizda sariştali va fariştali xonadonlar köpayaversin.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶