"Yosh kitobxon" tanlovida 1200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi (+video)
Joriy yilning 12-mayida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 12-14-iyul kunlari uchta yosh toifasi boʻyicha, yaʼni 10 yoshdan 14 yoshgacha, 15 yoshdan 19 yoshgacha, 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasida "Yosh kitobxon" tanlovning tuman saralash bosqichi oʻtkazildi. Unda tumanimizning 1200 nafarga yaqin kitobsevar yoshlari oʻz iqtidori va salohiyatini sinovdan oʻtkazdilar.
Saralash bosqichida onlayn tarzda boʻlib oʻtgan test sinovlari natijasida aniqlangan 11 nafar gʻolib tanlovning tuman bosqichida qatnashish huquqiga ega boʻldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶