Abituriyentlarga Toshkent davlat yuridik universitetiga xujjat topshirish tez, oson va qulay amalga oshirilmoqda
Hozirgi kuda 2018/2019 oʻquv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun xujjat topshirish Adliya vazirligi xuzuridagi Davlat xizmatlari agentligining 201 ta tuman va shaxarlarida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda.
Abituriyentlar 15-iyun kunidan 15-iyul kuniga qadar xujjatlarini topshirishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlarida 15-iyul kuni soat tungi 12:00 gacha xujjatlar qabul qilinadi, shu kuni baza yopiladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali xorijiy davlat fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan, magistratura bosqichiga xujjat qabul qilinmaydi.
Davlat xizmatlari markazlariga abituriyent tomonidan quyidagi xujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi:
Pasport;
Oʻrta (11-sinf), oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar oʻquv muassasasini tugatganligi toʻgʻrisidagi xujjat (ilovasi bilan);
Imtiyozni tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
Davlat xizmatlari markazlarida xujjatlarni qabul qilish xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
Oʻtgan yillarda xujjat topshirish uchun abituriyentlarning oʻzlari Toshkent davlat yuridik universitetiga borib topshirardi. Bu abituriyentlar uchun juda zoʻr imkoniyat boʻldi deb oʻylaymiz. Sababi Toshkentga borib xujjat topshirish uchun juda koʻp mablagʻ va vaqt sarflashar edi.
Bundan tashqari I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyoz sifatida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga asosan Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish belgalangan. Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha kvota asosida oʻqishga qabul qilish toifasiga umumiy oʻrta taʼlim 11 –sinf, yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi (akademik litsey va kasb-hunar kolleji)ni tugatganligi haqidagi xujjati va I va II guruh nogironligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma xujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. Koʻzi ojiz abituriyentlarning oʻzlari Toshkent davlat yuridik universitetiga borib xujjat topshirishadi.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi Xudaybergenova Nafisa Kamalbayevna

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶