XAYR-SAXOVAT TUFAYLI NEChA KOʻNGIL OBOD BOʻLDI
Xayr-sahovat – insoniy fazilat! Bu ezgu amal tufayli kimdir ogʻir iqtisodiy tanglikdan qutulishi, kimdir ruhiy madad olishi mumkin.
Intiluvchan tadbirkor inson Rimboy Jumaniyozovning bizning Beruniy nomli mahallamiz hududida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shahobchasi xizmati sifatidan koʻpchilik mamnun. El olqishini olayotgan yigit topgan daromadidan xayr-ehson qilib, Ramazon hayiti arafasida uch nafar yetimlarning va bir nafar yakka-yolgʻiz yashovchi ayolning koʻnglini togʻday koʻtardi.
Mahallamizning yana bir tadbirkori Ramatulla Yoqubov hududimizdagi kam taʼminlangan 12 ta oilaga, mahalla imomi Sherifboy Boltaboyev 5 ta oilaga moddiy koʻmak berishdi.
Ularning oʻz daromadlaridan begʻaraz qilgan xayr-ehsonlari tufayli muqaddas Ramazon hayiti kunlarida kam taʼminlangan oilalarga iqtisodiy madad boʻldi, yetimlar koʻngli olindi.
Ota-bobolarimizdan asrlar osha bizga meros boʻlib kelayotgan xayr-ehson qilishdek yuksak insoniy fazilatning qadr-qimmati ham shunda.
Dilorom YoQUBOVA, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶