QIRMIZI DONLAR XIRMONGA TOʻKILDI












Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlaridagi bugʻdoyzorlar donlari pishib yetildi va yigʻishtirib olish mavsumi kechayotir.
“Oq oltin” ovulida qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishga yoʻnaltirilgan 30ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda. Mazkur xoʻjaliklarda 2018-yil hosili uchun 210 gektar yerga gʻalla ekilib, moʻl hosil yetishtirish uchun fidoyi mehnat qilindi. Suv tanqisligi oqibatlarini yumshatish uchun bugʻdoy nihollarini ilgʻor usullar orqali sugʻorish, bargidan oziqlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Natijada ayni kunda sariq tusga kirgan bugʻdoy dalalarida moʻl hosil bunyodga keldi.
Yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olish mavsumi ovulning “Suhrob – Hojiakbar” fermer xoʻjaligi bugʻdoyzorlaridan boshlandi.
Fermer xoʻjalikda oʻtgan yil kuzakda 12 gektar maydonga gʻalla ekilgan edi. Mazkur maydonlardan 30 tonna hosil undirib olish rejalashtirilgan.
Bugʻdoy dalasida ilk oʻrim boshlangan 20-iyun kuni xoʻjalik aʼzolari uchun goʻyo bayram boʻldi. Axir halol mehnatlar evaziga yaydoq dalalar qoʻynida xalqimizning rizq-roʻzi, moʻl qirmizi don bunyodga kelib, xirmonga toʻkilib tursa, quvonmay boʻladimi!
Shu kuni xoʻjalik dalalaridan yigʻishtirib olingan ilk bugʻdoy hosili “TaxiatoshDon” hissadorlik jamiyatining “Mangʻit” filialiga topshirildi.
Filialda shu kungacha tumanimizdagi 399 ta fermer xoʻjaliklari dalalaridan yigʻishtirib olingan 2000 tonnadan ortiq bugʻdoy qabul qilib olindi.
M.Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶