MAJBURIY MEHNATGA YOʻL QOʻYILMAYDI!
Yaqinda 9-sonli bolalar Musiqa va sanʼat maktabida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va dehqon-fermer xoʻjaliklari salohiyatini oshirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.
Seminar-treningda Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Jizel Mitton, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, kasaba uyushmalari tuman Kengashi, oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, fermer xoʻjaliklari, tibbiyot muassasalari hamda boshqa korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Jizel Mitton majburiy mehnat masalasi boʻyicha milliy va xalqaro hujjatlar haqida gapirdi. Shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish, uni bartaraf etish usullari, majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik choralari, ushbu masalalarda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda dehqon-fermerlarning javobgarliklarini oshirish yoʻllari haqida maʼlumotlar berildi.
Seminar yakunida mehnat va bandlik sohasida tinchlikka erishish uchun tegishli qonunlar talablariga qatʼiy rioya qilishga kelishib olindi.
Ulugʻbek Abdurahmonov,
Fan va madaniyat xodimlari kasaba
uyushmasi tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶