Qişloq xöjaligi texnikalari majburiy texnik körikdan ötkazilmoqda
Mamlakatimizda qişloq xöjaligida foydalaniladigan barça turdagi texnika vositalari va ularning tirkamalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tadbirlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Çunki bahorgi ekiş mavsumidan to keç kuzda yetiştirilgan hosilni yiğib-terib olgunga qadar bölgan mavsumiy yumuşlarning barçasida texnika dehqonga qöl-qanot.
Ayni kunlarda qişloq xöjaligi korxonalari tasarrufidagi mavjud texnika vositalarining bahorgi ekiş mavsumiga qay darajada şayligi Qoraqalpoğiston Respublikasi Agroinspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi xodimlari tomonidan maxsus körikdan ötkazilmoqda.
Tumandagi fermer xöjaliklari ixtiyoridagi qişloq xöjalik texnikalariga xizmat körsatuvçi muqobil maşina-traktor parklarida amalga oşirilayotgan tiklaş-taʼmirlaş jarayoni Agroinspektsiyaning tuman bölimi xodimlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan bölib, işning sifatli bajarilişiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy 2024-yil bahorgi ekiş mavsumida qatnaşadigan texnikalarni taʼmirlaş işlariga masʼul bölgan joylardagi 18ta muqobil maşina-traktor parklaridagi barça qişloq xöjalik texnikalari va ularning tirkamalarining ekişga tayyorlik holati Agroinspektsiya mutaxassislari tomoindan sinçiklab közdan keçirildi. Örganişlar jarayonida 18ta muqobil maşina-traktor parklariga taʼmirlaş uçun keltirilgan 150 dona seyalka, 325ta kultivator, 1700ta tişli borona, 293ta molani taʼmirlaş işlari yakunlangani va ekiş işlariga şay qilib qöyilgani aniqlandi.
Dehqonning asosiy iş quroli bölgan texnika vositalarining sozligi, albatta, boşlanayotgan yangi dehqonçilik yilining muvaffaqiyatli ötişi uçun mustahkam zamin hisoblanadi. Şu bois, amudaryolik fermerlarning dalalarida ekiş işlarida qatnaşadigan texnikalarning mavsumga sifatli tayyorlanganligi alohida eʼtirof etilib, texnik körikdan ötkazilganligi haqida sertifikatlar berildi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi xodimlari Turkmaniston muqobil maşina-traktor parkida bölişib, mazkur korxonaga keltirilgan paxta va boşqa qişloq xöjalik texnikalarining texnik sozlik holatini körikdan ötkazdilar.
Mazkur muqobil maşina-traktor parklarida yiğilib, taʼmirlangan 7ta çigit ekiş seyalkasi, 19ta kultivator, 108dona tişli borona, 19ta temir mola ekiş mavsumiga soz holatga keltirilib, ekiş işlariga 100 foiz tayyorligi böyiça 27 nafar mexanizatorlarga sertifikatlar berildi.
Şuningdek, Agroinspektsiyaning Amudaryo tuman bölimi boşliği Sarvar Matyoqubov rahbarligidagi mutaxassislar Oq oltin muqobil maşina-traktor parkida ham bölişib, bu yerga yiğilgan texnika vositalarining 2024-yil ekiş mavsumiga tayyorligi holati bilan tanişdilar.
Uşbu muqobil maşina-traktor parklarida 9dona çigit ekiş seyalkasi, 15ta kultivator agregati, 130 dona tişli borona, 14ta temir mola sifatli taʼmirlangan va ekiş mavsumiga soz holatga keltirilgan. Agroinspektsiyaning tuman bölimi mutaxassislari xulosasiga köra, mazkur muqobil maşina-traktor parklari tomonidan xizmat körsatilayotgan fermer xöjaliklarining mexanizatorlariga texnika vositalarining texnik körikdan ötkazilganligi haqida sertifikatlar topşirildi.
Qişloq xöjaligi sohasidagi işlarning asosiy qismini texnikalar bajaradi. Şu tufayli bahorgi dala işlarining öz vaqtida va qulay muddatlarda ötkazilişini taʼminlaş esa texnika vositalarining sifatli taʼmirlanişiga boğliq. Bu borada Agroinspektsiyaning tuman bölimi mutaxassislari taʼmirlaş jarayoni qatʼiy nazorat asosida olib borilişiga hamişa masʼuldirlar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶