Suv tanqisligi salbiy taʼsirini yumşatiş va suv resurslaridan oqilona foydalanişni taşkil etişga bağişlangan tadbir ötkazildi
Joriy yil köklami ob-havosi meʼyoridan salqin va quruq kelganligi sababli suv tanqisligi kelib çiqayotgani agrar soha xodimlaridan bor imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ekin maydonlaridan möl hosil yetiştirişdek tadbirkorlikni, olimkorlikni talab etmoqda, dehqonçilikka yangi innovatsiyalarni, texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini, ilğor tajribalarni keng joriy etiş muhim vazifaga aylanmoqda.
Şu yilning 5-iyunida Çoyköl ovulidagi “Nurullayev Bunyodbek” fermer xöjaligi paxta dalasida 2018-yilda suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumşatiş va suv resurslaridan oqilona foydalanişni taşkil qiliş böyiça seminar ötkazildi.
Seminarga tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi, mavjud MMTPlar, fermer xöjaliklar, suv isteʼmolçilari uyuşmalari rahbarlari, tijorat banklari tuman filiallari rahbarlari iştirok etdilar.
Seminarni tuman hokimi S.Yöldaşev oçdi va tumanimiz dehqonlari oldida ekin-tikin işlari uçun noqulay kelgan ob-havo şaroitida ham yuqori hosil yetiştirişga erişişdek dolzarb vazifa turganligi, davom etayotgan suv tanqisligi salbiy oqibatlarini yumşatiş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş borasida olib borilayotgan işlarga töxtaldi.
Tumanda 2018-yil hosili uçun ekilgan qişloq xöjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida suğoriş işlari uçun jami 602.6 mln. metr kub suv limiti ajratilgan bölib, ayni kungaça şu limitning 14 foizi özlaştirildi. Suv tanqisligi salbiy taʼsirini yumşatiş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş maqsadida ekinlarni navbatlab suğoriş, şarbat usulida suğoriş amalga oşirilmoqda. Şuningdek, 5 ta MMTP xizmat körsatuvçi fermer xöjaliklar yerlarini suğorişda xöjaliklararo kollektorlarning suvlaridan foydalaniş ham rejalaştirilmoqda.
taʼminoti oğir bölgan hududlardagi ekinlarni suğoriş işlarini öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida Xitoy xalq respublikasida işlab çiqarilgan 20 dona kiçik köçma dizel nasoslari keltirilib, ğalla va aççiq qalampir ekinlarini suğoriş işlarida foydalanilmoqda, ayrim hududlardagi boğlar, qişloq xöjaligi ekinlari va paxta dalalarini tomçilatib suğoriş, egiluvçan köçma quvurlar bilan suğoriş ham rejalaştirilmoqda. Seminarda iştirok etgan Qoraqalpoğiston Fermerlar Kengaşi raisi Kengaşboy Nurimbetov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Davlatboy Töliboyev, Toşkent davlat Agrar Universiteti Nukus filiali rektori Yelmurot Töreniyozovlar ekinlarni tomçilatib suğoriş, egatga plyonka töşab suğoriş, egiluvçan köçma quvurlar bilan suğoriş tizimlarini joriy etiş afzalliklarini keng tuşintirdilar. Seminar tumanimiz agrar soha xodimlariga duç kelayotgan suv tanqisligi şaroitida bor imkoniyatlardan oqilona foydalaniş evaziga yuqori hosil yetiştirişga erişişga xizmat qiluvçi bilimlarni bergani bilan ahamiyatli böldi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶