Qishloq xoʻjaligi
👁 1,041
MUSTAHKAM OZUQA BAZASI – MOʻL PILLA HOSILI YeTIShTIRIShGA OMIL BOʻLAYaPTI
Bu yil 163,3 tonna “Kumush tola” yetishtirishga bel bogʻlagan amudaryolik pillakorlar 2992 quti ipak qurti urugʻini mehr bilan parvarishlab, yaxshi natijalarga erishmoqdalar.
Bunda albatta mavjud tutzorlarda tut daraxtlarini parvarishlash ishlarining yaxshi tashkil etilganligi tufayli mustahkam ozuqa bazasining yaratilganligi muhim omil boʻlayotir.
Tumanda bu yilning erta bahorida yangi tutzorlarni tashkil etish boʻyicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Natijada tumanda 20 gektar yerga 181000 dona tut koʻchatlari oʻtqizilib, yangi tut plantatsiyalari tashkil etildi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶