ISTEʼMOLChIGA QOʻYILGAN MILLIONLAB QAPZDORLIK BAPTAPAF QILINDI
Tuman Isteʼmolchilar huquqilarini himoya qilish jamiyati huquqlari buzilganligi boʻyicha murojaat qilgan isteʼmolchilarga yaqindan yordam koʻrsatib kelmoqda.
Yaqinda tumanimizda yashovchi fuqaro X.Yakubova tuman Isteʼmolchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyatiga isteʼmolchi sifatida huquqlarini himoya qilishda yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qildi. X.Yakubova xonadonida foydalanayotgan tabiiy gazdan karzdorligi toʻgʻrisida MIB tomonidan ogohlantirilgandan keyin “Qoraqalpogʻistongaz” filiali 6-sonli tumanlararo gaz taʼminoti uchastkasi idorasiga borib hisob raqamini tekshirtirganida 2014-2017-yillarning bir necha oylari hisobiga 3 395 423 sum qarzdorligi mavjud deb koʻrsatilganligini aniqlagan. Bu haqda jamiyatning facebook'dagi sahifasida maʼlum qilingan.
X.Yakubova tabiiy gaz toʻlovini har oyda toʻlab turganligini va buni isbotlaydigan hujjatlari (kvitantsiyalari) borligini tushuntirgan. Har oyda xonadonda ishlatilayotgan tabiiy gaz uchun oldindan pul toʻlab qoʻyganiga va bu haqda maʼlumotnomasi borligiga qaramasdan unga asossiz ravishda qarzdorlik yozilgan.
Jamiyat xodimlari tuman gaz taʼminoti uchastkasi xodimlari bilan birgalikda isteʼmolchining yozma murojaatini oʻrganib chiqib, uning tabiiy gazdan foydalanganligi boʻyicha hech qanday qarzi yoʻqligini aniqladi.Tegishli hujjatlar asosida X.Yakubovaning qarzdor emasligi isbotlandi va isteʼmolchining muammosi hal qilindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶