18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:22
Jamiyat 👁 662

EZGULIKKA TOʻLA BARHAYoT UMR

EZGULIKKA TOʻLA BARHAYoT UMR

Bu olamda insonlar dilidagi orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish istagi bilan yashaydi. Oilasini ardoqlab, ota-onasiga izzat koʻrsatib, farzandlarini kamolga yetkazishni istaydi. Hayot tashvishlarini yengib, uni faqat quvonchli kunlarga toʻldirishga harakat qiladi. Ortiqboy Yakubovning dilida ham mana shunday orzular bisyor edi. U nafaqat oilasi, balki butun el xizmatiga kamarbasta boʻlib, fidoyilik koʻrsatib yashadi.

Amir Temur nomli ovulda dehqon oilasida voyaga yetgan Ortiqboy otasi Sidabulla akadan mehnatkashlik, halollik, onasi Anorgul opadan mehr-muhabbat, samimiylik kabi ezgu xislatlarni oʻziga singdirib ulgʻaydi. Oʻzi tahsil olgan 4-sonli maktabda tengdoshlari orasida intiluvchanligi, tirishqoqligi, abjirligi bilan doim ajralib turardi.

Chaqqongina Ortiqboy maktabni tugatgach, sovxozda mexanizator boʻlib ishlay boshladi, roʻzgʻor tebratishda otasiga koʻmakchi boʻldi. Shu orada harbiy xizmatga chaqirilib, Chelyabinskka joʻnab ketdi.

Ortiqboy harbiy xizmatda yanada toblanib, burchga sadoqat va vatanparvarlikni oʻrgandi. U mana shunday ulugʻvor, yuksak tuygʻularni yuragiga joylab eliga qaytdi. Kelib, mexanizatorlikni davom ettirdi.

Tinchlik posboni, adolat va xalq himoyachisi boʻlish istagida Oriqboy Yakubov 1982-yilda Nukus shahridagi Avtomobil yoʻllari va transport texnikumiga oʻqishga kirdi.

Sidabulla aka va Anorgul opa oʻgʻlining bu qaroridan nihoyatda mamnun boʻldilar. Ortiqboyning yaqindagina kelin boʻlib tushgan umr yoʻldoshi Gulora Yaxshimurodova ham niyati ezgu, mard turmush oʻrtogʻi bilan faxrlandi.

Bu orada dunyoga kelgan farzandlari Sulaymon, Gulmirzalarni esa Sidabulla aka va Anorgul opalarning koʻmagi bilan tarbiya qildi.

Ortiqboy Yakubov oʻquv yurtidagi oʻqishini tamomlab, 1985-yilda tumandagi Ichki ishlar boʻlimining Jamoat tartibini saqlash boʻlinmasiga ishga joylashdi va u ham sharafli, ham masʼuliyatli kasb egasi boʻldi.

Ortiqboy oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarishga harakat qildi. Xizmat yuzasidan qayerga safarbar qilinsa, oʻsha yerga joʻnab, tun-kun osoyishtalikni saqladi. Qanchadan-qancha jinoyatlarning oldi olinishiga hissa qoʻshdi.

– U juda masʼuliyatli inson edi, – deydi umr yoʻldoshi Gulora Yaxshimurodova. – Har qanday topshiriqni oʻz vaqtida uddalashga harakat qilar, vaziyat taqozo qilsa, hatto ovqatlanmasdan yana ishga qaytib ketardi. Lekin ota-onasi, farzandlarimiz ahvolidan, kayfiyati, yurish-turishidan boxabar boʻlib turishni ham hech kanda qilmasdi.

U yurt tinchligi yoʻlida koʻrsatgan xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi tomonidan 2 ta koʻkrak nishoni va koʻplab Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Ammo... mashʼum oʻlim bevaqt kelib Ortiqboyni oilasi bagʻridan, xizmatdoshlari orasidan yulib olib ketdi. Uch kecha-yu uch kunduz dam olmasdan navbatdagi xizmat vazifasini bajarib uyiga qaytayotgan tunda u boshqarayotgan avtomobilning oldiga shum ajal roʻpara boʻlib, muvozanatni yoʻqotdi...

– Ayriliqqa dosh berishimiz juda ogʻir boʻldi, – deya koʻzlari yoshlanib xotirlaydi umr yoʻldoshi Gulora opa. – Qaynotamni betoblik toʻshakka mixladi. Qaynonamning qaddi bukildi. Besh farzandim esa chirqirab qoldi. Oʻzimni yoʻqotayozdim-u ammo oilam uchun tiklanishga majbur edim.

Ortiqboy Yakubovning farzandlari otasiga munosib boʻlib voyaga yetishdi. Katta farzand Sulaymon Yakubov ota izidan borib, ichki ishlar xodimi boʻldi. Hozirgi kunda tuman Ichki ishlar boʻlimining Qoʻriqlash boʻlinmasida xizmat qilib kelmoqda. Gulmirza fermer xoʻjalikda ishchi, Roʻzimboy 55-maktabda elektrik boʻlib ishlamoqda. Qizlari Muborak va Yorqinoylar turmush qurib, baxtli oilaning bekasi boʻldilar. Gulora opa birin-ketin kelinlar olib, 10 nafar nevaraning suyukli buvijonisiga aylandi. Afsus, bu kunlarni Ortiqboy Yakubovning oʻzi koʻra olmadi. Ammo u oilasi, yaqinlari, el-u yurt xotirasida abadiy yashab kelmoqda.

Inson xotirasi – aziz. Ayniqsa, yaxshi insonlar yodi dillarda mangu yashaydi. Vatan, Ona yurt, xalq oldidagi vazifasini fidoyilik bilan bajargan Ortiqboy Yakubov ham oʻzining qisqagina umrini ezguliklar bilan bezab yashagani uchun hamisha barhayotdir. Zero, el osoyishtaligi yoʻlida qilingan xizmatlar aslo unutilmaydi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026