Qipçoqda “Oila qadriyati – jamiyat tayançi” mavzusidagi uçraşuv ötkazildi
Oila – har bir inson uçun aziz va qadrdon göşa. Dunyoning eng maşhur şaharlari böylab sayohatlardan inson zerikişi mumkin, lekin özining möʼjzagina makoni – oilasi bağrida heç qaçon zerikmaydi. Ana şu makondagina u huzur-halovat topadi, orzular oğuşada xotirjam yaşaydi.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Odobli bola – er körki” loyihasi doirasida Qipçoq ovulidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida ovul faollari bölgan öqituvçi-murabbiylar hamda öquvçi-yoşlar iştirokida ötkazilgan “Oila qadriyati – jamiyat tayançi” mavzusidagi uçraşuvda oilaning inson hayotida naqadar katta ahamiyat kasb etişi, oila tutumlari va oila qadriyatlari haqida iştirokçilar tomonidan qiziqarli va foydali fikr-mulohazalar bildirildi.
Uçraşuvda Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça örinbosari Allayor Boltaboyev keksa avlod vakillarining oila mustahkamligi, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş borasidagi mahalliy va milliy mentalitetimizga xos urf-odatlar hamda oilalardagi maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya haqida qisqaça töxtalib ötdi.
Şundan söng Amudaryo televideniyesi tahririyatit tomonidan amalga oşirilayotgan “Odobli bola – el körki” loyihasi hamkori, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yöldoşeva “Oila qadriyati – jamiyat közgusi” mavzusida maʼruza qildi. U öz maʼruzasida namunali oilalarning, nuroniy otaxon va onaxonlarning katta hayot tajribalari asosida yoş oilalarni, ularda voyaga yetayotgan yoş avlodni milliy urf-odat va qadriyatlar, anʼanalarga sadoqat ruhida tarbiyalaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş haqida, şuningdek erta turmuş quriş, qarindoşlar nikohining salbiy oqibatlari, şuningdek yoşlarning muomala madaniyati, jamoat joylarida, oilada, töy-marosimlarda özini tutişi kiyiniş madaniyati xususida batafsil töxtalib, öz fikrlarini hayotiy misollar orqali ifodalab berdi.
- Hayotga yengil-yelpi qaraş köplab baxtsizliklarga sabab böladi, - dedi faol onaxonlardan Guliston Xolmurodova. – Men hayot sinovlariga doş berolmay, erta turmuş tufayli özini va çaqaloğini eplay olmay qiynalgan qizlarni köp körganman. Hatto öz joniga qasd qilişgaça borgan qizlarimizni bilaman. Demak, turmuşning bemavrid zarbalariga çidaş ilmini bilmay turib turmuş quriş – bu oiladek muqaddas tuşunçaga hurmatsizlikdir.
-Köpinça kelinlarimiz yangi tuşgan uyda özi tuğilib-ösgan oilaning tartiblarini örnatişga harakat qilişadi, - Amudaryo agrobiznes kolleji kadrlar bölimi boşliği Gulora Safarniyozova ham öz fikrini bildirdi. – Bu notöğri. Kelin yangi oila tutumlariga sabr-toqat bilan moslaşişi kerak. Agar sabr qilsa, yangi oila tutumlari uning uçun oltin qoidaga aylanadi. Ana şunda oilasi mustahkam zaminga ega böladi.
Uçraşuvda Qipçoq ovuli faollaridan Nodira Davlatboyeva, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji öquvçi-yoşlaridan Şoiraxon Boltaboyeva va Şahnozaxon Yangiboyevalar ham oila qadriyatlari har bir oila aʼzosi uçun muqaddasligi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bölib ötgan uçraşuvda har bir iştirokçi özi va oilasi aʼzolari uçun nihoyatda aziz va muqaddas bölgan özbekona tutumlar, ota-onalik va farzandlik burçlari, kelinlik, hatto kuyovlik masʼuliyati xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Uçraşuv yaxşi taassurotlarga, munozaralarga boy, qiziqarli ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://milliytiklanish.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶