Muhammad Yusuf nomi oʻchmaydi
Muhammad Yusuf nomi oʻchmaydi
Shunday insonlar boʻladiki, ular haqida oʻtgan zamonda gapirish aslo mumkin emas. Negaki, ular oʻzlarining chinakam betakror, zavol boʻlmas yodi bilan har birimizning qalbimizda abadiy yashaydi. Mana shunday insonlarning biri otash qalb shoir Muhammad Yusufdir.
Muhammad Yusuf Vatan, ona yurtiga boʻlgan tuygʻularini aks ettirgan sheʼrlarini bugun ham kitobxonlar sevib oʻqimoqdalar.
Oʻtar qancha yillar toʻzoni
Yulduzlar koʻzyoshi samoni.
Oʻtar inson yaxshi-yomoni
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Mehr va muhabbat kuychisi boʻlgan Muhammad Yusuf qisqa umri davomida boy adabiy meros qoldirdi. Uning hofizlar tiliga tushib qoʻshiq boʻlmagan sheʼri yoʻq hisob.
Yaqinda Muhammad Yusuf tavallud topgan kun munosabati bilan 3-son Amudaryo akademik litseyida “Daryodil shoir” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Kechani litsey maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Mansur Yerimbetov ochib berdi. Oʻquvchilar tomonidan shoir hayoti va ijodi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Shoirning kuyga aylangan sheʼrlarini madaniyat uyi xodimlari ijro etishdi. Samimiy uslubda yaratilgan ijod namunalaridan litsey oʻquvchilari ijro etishdi. Shuurimizga singib, qalbimizdan joy olgan shoirning oʻlmas merosi asrlar osha yashayveradi.
Sevara ISMOILOVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi
Amudaryo tuman yetakchilar Kengashi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶