Jurnalistlar – maʼnaviyat targʻibotchilari
Tumanimiz matbuoti – xalqimiz hayotining oynasi. Men uzoq yillar tumandagi qurilish tashkilotlarida muhandis boʻlib ishladim. Ayni paytda nafaqada boʻlsamda, tobora rivojlanib borayotgan tumanimiz matbuotining doimiy muxlisiman. Qariyb 50-yildan beri tuman gazetasi muxlisiman. Endilikda Amudaryo televideniyesi, “Tarqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari, “Jayxun sadosi” internet-radio kanali men uchun eng sevimli ommaviy axborot vositalariga aylangan.
Tuman matbuotining dargʻalari (Alloh rahmat qilsin) Sobir Yusupov, Tursunboy Davletov, Mansur Ahmedovlarning maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi xizmatlari xalqimiz uchun juda qadrli. Shuningdek, Gulnora Matyoqubova, Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Xonimjon Rajabova, Allambergan Jumaniyozov, Robiya Yoʻldosheva, Oygul Rajabovalarning ijodidan hamisha bahramandman.
Ayniqsa, gazeta muharriri Gʻulomjon Yeshniyozovning tezkor zamon talablaridan kelib chiqib olib borayotgan ishlari tahsinga loyiq.
3-may – jahon matbuoti erkinligi kuni. Shu munosabat bilan men tumanimiz matbuoti fidoyilarini chin dildan muborakbod etaman. Jamiyatimizga yot illatlarga qarshi kurashishda, shuningdek, xalqimizni maʼnaviy-maʼrifiy yuksaklik sari eltishdek mashaqqatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyat tilayman.
Oyimjon Oʻrozaliyeva,
Beruniy nomli mahalla,
mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶