14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 16:33
Fan va taʼlim 👁 1,233

ZEBO – INNOVATsION OLIMPIADANING OʻZBEKISTON BOSQIChI GʻOLIBI

ZEBO – INNOVATsION OLIMPIADANING OʻZBEKISTON BOSQIChI GʻOLIBI

Taʼlim sifatini oshirish hamda yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish borasida sohada koʻplab yangilanishlar tatbiq etilmoqda. Umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimida taʼlim olayotgan yoshlar uchun bilim, koʻnikma va malakalarini namoyon etishlariga keng imkoniyat yaratilmoqda.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan bilimlar sinovi, fanlar olimpiadasi tanlovlari qatorida innovatsion olimpiada ham tashkil etildi. Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻzaro doʻstona munosabatlarni mustahkamlash hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida joriy yilda tashkil etilgan innovatsion olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimiz umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining iqtidorli oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Bu bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan tumanimiz oʻquvchilaridan 5 nafari innovatsion olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar. Mazkur bosqich har bir fan boʻyicha Toshkent shahri va viloyatlar markazida oʻtkazildi.

Oʻquvchilarning bilimlari Respublika tashkiliy qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida onlayn tarzda test asosida sinovdan oʻtkazildi.

Tumanimizdagi 12-maktabning 8-sinf oʻquvchisi Zebo Omonboyeva chizmachilik fani boʻyicha Nukus shahrida, 22-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Rayhon Bekmurodova, 26-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Jamshid Rajabovlar informatika fani boʻyicha Toshkent shahrida, 32-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Temurbek Umarbekov matematika fani boʻyicha Urganch shahrida, 56-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Javlon Ismoilov fizika fanidan Samarqand shahrida oʻtkazilgan onlayn tarzidagi test sinovlarida qatnashdilar.

Iqtidorli oʻquvchilarimiz innovatsion olimpiadaning test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori ball toʻplashga erishdilar va “Faxriy yorliqlar” bilan taqdirlandilar.

Eng quvonarlisi, chizmachilik fani boʻyicha ishtirok etgan 12-maktab oʻquvchisi Zebo Omonboyeva oʻqituvchisi Maqsuda Avezovadan olgan bilimlarini oqlab, innovatsion olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi 1-oʻrin gʻolibi deb topildi. Zebo Omonboyeva 1-darajali Diplom, “Faxriy yorliq” va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Qobiliyatli va iqtidorli yoshlar juda koʻp. Bunday yoshlarni aniqlash maqsadida oʻtkazilayotgan sinov va tanlovlar ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda, bilim va malakalari, ijodiy faolligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Ravshan XOLMURODOV,

XTB taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektori,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019