16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:50
Jamiyat 👁 559

INSON UMID BILAN TIRIKDIR

INSON UMID BILAN TIRIKDIR

Insonning saodatli hayot kechirishi, ishlari unumli va barakali boʻlishida ertangi kunga nisbatan umidning oʻrni beqiyosdir. Insonni kasb va mehnat qilishga undaydigan kuch ham shu. Gʻayrat va ishtiyoqni uygʻotadigan, dangasalik va yalqovlikni ketkazadigan omil ham umiddir. Umidni yanada yaxshiroq tushunish, his etish uchun uning ziddi boʻlgan umidsizlikni bilish kerak.

Umidsizlik – ishonchni soʻndiruvchi illat. U biror ishga qoʻl urishdan qaytaradi. Jasaddagi quvvatni sustlashtirib, yoʻqqa chiqaradi. «Umid qildim – yetdim, noumid boʻldim – yiqildim», degan hikmatni xalq bekorga yaratmagan. Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu): “Insonni ikki narsa halok qiladi: umidsizlik va manmanlik!” deganlar.

Masalan, bemor sogʻayishdan umidini uzsa, na tabib soʻzi, na muolaja kor qiladi. Hech qanday dori foyda bermaydi.

Alloh taolo marhamat qiladi: “Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid boʻlur” (“Yusuf” surasi, 87- oyat).

Dinimiz taʼlimoti yalqovlik, boqimandalik kabi zararli illatlarni qatʼiy qoralab, insonlarni halol rizq topish yoʻlida chin ixlos bilan mehnat qilishga buyuradi. Har qanday muvaffaqiyat osonlik bilan qoʻlga kiritilmasligi maʼlum. Ilm, kasb-hunar egallash, dunyo farovonligi va oxirat obodligi hamma-hammasi inson harakati sabab hosil boʻladi. Buning uchun insonda ishonch, umid boʻlishi kifoya.

Umid – qalb amalidir. Har bir insonni uning qalbi boshqaradi. Qalbdagi yaxshi niyat va oliy maqsadlar kishiga shijoat va gʻayrat bagʻishlaydi. Qalbida pok niyati boʻlmagan kishi biror ishga qoʻl urmaydi, kirisholmaydi, kirishsa ham ishini tugatmaydi. “Biror bilim yurtini amallab tugatsam...” degan inson shundan nariga oʻtmaydi. Noligani sayin ishi orqaga ketaveradi. Uning dardiga davo – mehnatdir.

Xohish hech narsani hal qilmaydi, natijaga erishish uchun harakat qilish kerak. Harakatdan toʻxtamagan odam biror natijaga erishmay qolmaydi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu): “Dunyoda ertaga vafot etadigandek ibodat qil, abadiy turadigandek yasha”, deb gʻayratli boʻlishga undagan. Alloh taologa hamdlar boʻlsin! Millatimiz mehnatni sevadi, mehnatkashni qadrlaydi. Yurt obodligi, xalq farovonligi, fayz-u barakot halol mehnat bilandir.

Oʻktam QURBONIYoZOV,

«Noʻgʻoy eshon» jomeʼ masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019