TOTUVLIK –MAHALLADA ŞAKLLANADI
Xalqimiz salkam 12 mingga yaqin mahallalarda yaşaşadi. Bu mahallalar fuqarolari esa turfa millat vakillaridan iborat. Yaʼni, Özbekiston xalqi 136 tadan ziyod millat vakillaridan taşkil topgan yagona oila. Şunisi eʼtiborliki, mahallalarda ötkaziladigan turli bayram tadbirlari, diniy bayramlar – Ramazon va iyd Qurbon hayitlarida barça ahillik bilan bir-birlarini qutlaşlari anʼanaga aylangan.
Katta yoşdagi otaxon va onaxonlarimiz hayit kunlarida dasturxonlar yasatişib, yoşlarni, bolalarni mehmon qiliş barobarida, ularga bobomeros qadriyatlardan saboq berişadi. Farzandlari qöliga lagançada böğirsoq va şirinliklar tutqazib, qöşnilarga ulaşib çiqiş, qozoq, turkman, rus, qoraqalpoq millatlariga mansub mahalladoş bolalar bilan turli xalq öyinlarini taşkil etişlarida millatlararo totuvlikning ajib hikmatlari mujassam.
Mahalla – hamjihatlik, mehr-oqibat va totuvlik maskani. Bu maskanda heç qaçon “seniki”, “meniki”, qabilidagi tuşunçalar bölmagan. Şuning uçun ham bugungi kunga qadar turli millat farzandlarini birlaştiruvçi “Mahallamiz futboli”, “Mahallam – mening faxrim!”, “Mahallaning orasta qizlari” kabi tadbirlar, sport öyinlari, körik-tanlovlarning ilk bosqiçi mahallalarda ötkaziladi va bu körik-tanlovlarda barça millat bolalari bir jamoa bölib iştirok etadilar.
Ayniqsa, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan purmaʼno, har bir millat farzandini maʼnaviy-axloqiy jihatdan östiruvçi va tarbiyalovçi hikmat hayotimizdan tobora keng örin olayotgani biz yoşlarning maʼnan barkamol insonlar sifatida kamol topişimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz yoşlar esa har qanday ezgu işga ilk qadamni mahalla ostonasidan boşlaymiz. Momolarimiz, bobolarimiz amal qilgan udumlar, urf-odatlar biz uçun juda qadrlidir.
Sevara BOLTABOYeVA,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶